Sulsher: "Real"? Pogba MYUda baxtli"
01 apr 2019 15:57
Yangiliklar
Sulsher: "Real"? Pogba MYUda baxtli"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher jamoa yarim himoyachisi Pol Pogba "Real"ga o'tishi mumkinligi haqidagi malumotga fikr bildirdi.
"Pol "Manchester Yunayted"da baxtli va yaxshi o'ynayapti. Terma jamoalar tanaffusi paytida "Real" haqidagi mish-mishlar qulog'imga chalindi. Futbolchilar OAV uchun ochiqligi - muammo. Pogbaga savol berishdi va u hamma "Real"da o'ynashni xohlashini aytib, umumiy qilib javob berdi. Ammo o'zi haqida gapirgani yo'q, chunki u MYUda o'zini yaxshi his qilmoqda" - deydi Sulsher.
Oldinroq, "Real" 26 yoshli xavbek uchun 145 mln. evro to'lashi mumkinligi elon qilingan edi. Joriy mavsum Pogba APLning 28ta uchrashuvida maydonga tushib, 11ta gol urdi va 9ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar