So’nggi yangiliklar

10:20Неймар яна жароҳат олди  2 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  6 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  9 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  2 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  6 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  10 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  2 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  2 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  6 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  9

Sulsher "Nyukasl"ga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida nimalar dedi? Yangiliklar

Sulsher "Nyukasl"ga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida nimalar dedi?

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APL doirasida "Nyukasl"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Reshfordning Britaniya imperiyasi tomonidan taqdirlanishi - uning qanchalar yaxshi shaxsiyatga ega ekanligini bildiradi, chunki u doimo boshqalar haqida qayg'uradigan inson. Uning maydondagi va maydon tashqarisidagi ishlaridan doimo g'ururlanaman.

Mavsumni yomon boshlaganimizni yaxshi bilaman, "Tottenxem"ga qarshi o'yin esa eng yomoni edi. O'yinni yaxshi boshlagandik, biroq keyinchalik 10 kishi bo'lib qolganimizdan keyin yaxshi natijaga erisha olmasligimizni tushundik. Ushbu xatolarni tushunib olish borasida esa bizda 2 hafta vaqt bor edi. Termalarda o'ynagan futbolchilar esa o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda.

Termalarda bo'lib turganlar bilan doimiy aloqadamiz. Muammolar juda ko'p, ularni zudlik bilan bartaraf etish shart - chunki bu yaxshi jamoani tuzayotganda katta bosim beradi.

Fakundo Pelistri? U 2 kun biz bilan mashg'ulot qildi. Juda yosh va qiziqarli futbolchi, yaxshi sifatlarga ega. 18 yosh ekanligini inobatga olsak, uning kelajagi ajoyib bo'ladi.

Aleks Telles esa kechagina etib keldi. U Braziliya termasi tarkibida 2ta o'yin o'ynadi va San-Pauludan uzoq vaqt uchib kelib, biroz dam oldi. Uning o'yinlarga tushishini sabrsizlik bilan kutyapmiz. Edinson Kavani esa hali safimizga qo'shilmadi.

Brunu? Fevralda kelganidan buyon chempionatning faqatgina 2 o'yinida mag'lub bo'ldi. U Liga o'yinlarida mag'lub bo'lishni yoqtirmaydi. Yutqazib qo'ysangiz esa sizga tana toshlarini yog'dirishadi. Bu paytda o'zingizni yo'qotib qo'ymasligingiz kerak. "Manchester Yunayted"ga hush kelibsiz. Odamlar bu erdagi har bir daqiqani tanqid qilishadi va kuzatib borishadi. Yigitlar esa bir-birlariga yordam berib, birga ishlashga intilmoqda.

Maguayr bilan bo'lgan voqelik esa alohida tarix. Siz doimo projektorning nuri ostida o'ynaysiz. Xarri Angliya termasi tarkibida o'ynab, Belgiyani yutsa - oddiy kun, uni chetlatishsa hamma gapiradi. Bu esa futbol. Barchada o'sish va pasayish jarayoni bo'ladi.

Pogba? U bizning futbolchi. Biz bilan hali 2 yillik shartnomasi bor. U o'zining eng yaxshi o'yinlarini ko'rsata olishiga ishonaman. Navbatdagi ikki yilda u bilan sovrinlar yuta olamiz.

Ertangi o'yin? O'yinni o'ynab, yutqazganimizdan keyingina batafsil gapirishimiz mumkin. Oldimizdagi o'yinda nazoratni qo'limizga olib, yutishni istaymiz. Natija juda muhim. Biroq menga pozitiv o'yin kerak.

Negativ kayfiyatni ko'tarmaslik uchun, ortiqcha gapirmaslik yaxshiroq. Maydonga tushib, g'alaba qozonishni istaymiz. Ochkolar uchun kurashayotgan futbolchilarni kuzatish juda muhim.

"Nyukasl"ga qarshi o'tgan mavsumdagi omadsiz o'yin yodimda. Biz yutadigan o'yinda mag'lub bo'ldik, Longstaffning goliga javob bera olmagandik. Ushbu o'yindan keyin ancha vaqt o'tdi, biz o'sishga erishdik.

Futbolchilar termalardan qaytganida ularning holati borasida doim ham yaxshi malumotga ega bo'lmaysiz. Umid qilamanki, barchaning holati yaxshi. Faqatgina Aleks Telles deyarli butun dunyoning ustidan uchib o'tdi. U kechasi etib keldi va payshanba kuni tarkibimizga qo'shildi", - dedi Sulsher.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика