Suhrob Izzatov: “Samarqandda muhim bo'lgan g'alabani qo'lga kiritdik”
29 avg 2022 15:10
Yangiliklar
Suhrob Izzatov: “Samarqandda muhim bo'lgan g'alabani qo'lga kiritdik”
Superliga 17-turi doirasidagi Dinamo - Bunyodkor (1:2) o'yinidan keyin mehmonlar futbolchisi Suhrob Izzatov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Samarqanddagi o'yin bizning ustunligimizda o'tdi deya olaman. To'pni ko'proq nazorat qildik, raqibdan ko'proq hujum tashkil qildik. Garchi birinchi bo'limda to'p olib chiqqan bo'lsa-da, tushkunlikga tushmadik. Tanaffusda shu tariqa o'ynasak, vaziyatni o'zgartira olishimizga ishongandik. Buni ikkinchi bo'limda amalda isbotladik va muhim bo'lgan g'alabani qo'lga kiritdik.
Jarohat tufayli bir oy muddat o'ynamadim. Kecha boshida biroz qiynaldim. Lekin hammasi yaxshi. Navbatdagi bahslarga qadar sport formaga kirib olaman”, - deya so'zini yakunladi Izzatov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar