So’nggi yangiliklar

02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  9 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  4 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0

Suhrob Berdiev: “Andijon” Superligada ham munosib ishtirok eta oladi” Yangiliklar

Suhrob Berdiev: “Andijon” Superligada ham munosib ishtirok eta oladi”

Pro liga 24-turida “Andijon” klubi o'z maydonida “Mashal”ni mag'lub etib, Superliga yo'llanmasini rasmiylashtirdi.

Viktor Kumikov ustozligidagi jamoa 4:2 hisobidagi g'alabani qo'lgak kiritdi. Uchrashuvdan keyin mezbonlar hujumkor yarim himoyachisi Suhrob Berdiev fikrlariga quloq tutdik. 

“O'yin juda qiyin bo'lishini bilardik. CHunki “Mashal” oldingi bahsda ham bizga yaxshigina qarshilik ko'rsatgandi. Muborakda 0:0 hisobida durang o'ynagandik. SHu sabab bahsga astoydil tayyorgarlik ko'rdik. SHuningdek, murabbiylar tomonidan berilgan ko'rsatmalarni to'g'ri bajardik. Birinchi bo'limda o'yinimiz unchalik o'xshamadi. Tanaffusdan keyin rejadagidek o'ynay boshladik va muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Bu orqali esa chempionlik va Superliga yo'llanmasiga erishdik. 

To'g'risi, o'zimning faoliyatimdan to'liq bo'lmasa ham, aytaylik 80-90 foizga qoniqish hosil qildim. Yanada yaxshiroq harakat qilsam bo'lardi. Asosiysi, jamoamiz bilan Superligaga chiqib oldik. Xudo xohlasa, keyingi yillarda yanada yaxshiroq o'ynash imkoniyati paydo bo'lmoqda. 

“Andijon” Superligada ham munosib ishtirok eta oladi. CHunki jamoaning ajoyib muxlislari bor. Ular doimiy ravishda klubni qo'llab-quvvatlasa natijalar ham yaxshi bo'laveradi. SHu fursatdan foydalanib, jamoamizning barcha muxlislariga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Ular bunday g'alabalarga haqli. 

Ikkinchi yo'llanmaga kim munosib bo'lsa, o'sha chiqsin. Men hozir “Buxoro” yoki “Turon” deb ayta olmayman”, - deb so'zini yakunladi Berdiev.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика