So’nggi yangiliklar

02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  2 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  0 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  1 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   1 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  16 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3

Stanislav Andreev - "Navbahor" futbolchisi! Yangiliklar

Stanislav Andreev - "Navbahor" futbolchisi!

Stanislav Andreev "Navbahor"ga o'tdi.

Tajribali himoyachi Stanislav Andreev jamoamiz bilan shartnoma imzoladi. Andreev 1988 yil 6 mayda  Toshkent shahrida tug'ilgan. 

Futbolchilik faoliyatini 2006 yili Sariosiyoning “To'palang” jamoasida boshlab, mazkur klub tarkibida 2 ta o'yinda maydonga tushgan. 

Stanislav 2007-2018 yillar davomida Toshkentning “Paxtakor” jamoasida o'ynab, “sherlar” tarkibida 210 ta bahsda maydonga tushib, 25 ta gol urgan hamda poytaxtliklarning o'sha mavsumlardagi muvaffaqiyatlariga o'zining munosib hissasini qo'shgan. 

2018 yilning 2-davrasida Bekobodning “Metallurg” klubi tarkibiga qo'shilgan Andreev ushbu klub tarkibida o'tgan mavsum yakunigacha to'p tepib, bekobodliklar tarkibida 90 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 12 ta gol urdi. 

Stanislav Andreev 2009-2017 yillar davomida O'zbekiston milliy terma jamoasi safida o'ynab, bosh jamoamiz tarkibida 39 ta bahsda  maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

Stanislav Andreevga yangi mavsumda jamoamiz tarkibida yorqin o'yinlar namoyish etib, “lochinlar”ning zafarlariga o'zining munosib hissasini qo'shishiga tilakdoshmiz. 

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

2021 yilning 11 dekabr kunida Stanislav Andreevning "Navbahor"ga o'tishi mumkinligi borasida malumot bergandik.

Eshitdik-da! Andreev "Navbahor"ga o'tmoqda

Reyting: -26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика