Stadnik xotirasiga bag'ishlangan VIII xalqaro turnir bo'lib o'tdi (FOTO)
18 may 2014 10:13
Yangiliklar

Stadnik xotirasiga bag'ishlangan VIII xalqaro turnir bo'lib o'tdi (FOTO)
Kecha poytaxtimizning Bektemir tumanida joylashgan Gennadiy Krasnickiy nomli stadionda o'zbek futbolining XX asrdagi eng yaxshi o'yinchilaridan biri Stanislav Stadnik xotirasiga bag'ishlangan VIII xalqaro turnir bo'lib o'tdi.
Ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan bolalar va o'smirlar o'rtasidagi musobaqada O'zbekiston va Qozog'istondan 8 ta jamoa ishtirok etdi. Bular: “NIK-Qorabuloq” (CHimkent viloyati, Qozog'iston), “Olimpiya” (Toshkent), “Buxoro” (Buxoro), 24-Bolalar va o'smirlar sport maktabi (Toshkent), “TAPOICH” (Toshkent), “Olmaliq” (Olmaliq), “Bunyodkor-2003” (Toshkent) hamda Toshkent shahar maxsus futbol maktabi (Toshkent).
Musobaqa yakuniga ko'ra, Buxoro shahrining “Buxoro” jamoasi 1-o'rinni egalladi. Ular hal qiluvchi final uchrashuvida Toshkent shahar maxsus futbol maktabi jamoasidan ustun kelishdi. Kuchli uchlikka Qozog'istonning “NIK-Qorabuloq” jamoasi yakun yasadi.
Turnir yakunida g'olib va sovrindorlarga tashkilotchilarning qimmatbaho sovg'alari, kubok, medal hamda diplomlar topshirildi. Sovrinlarni o'z egalariga o'zbek futboliga ko'plab istedodlarni etkazib bergan faxriy murabbiy Evgeniy Valickiy, ustoz sharhlovchi Axbor Imomxo'jaev, Stanislav Stadnikning do'stlari Ivan SHkandin, Anatoliy Nikitinlar taqdim etishdi.
SHuningdek, har bir jamoadan bir nafardan eng yaxshi futbolchi ham taqdirlandi: Abduvoitov Sanjar (“Nik-Qorabuloq”, Qozog'iston), Toshpo'latov Nurmuhammad (Toshkent shahar maxsus futbol maktabi), Rajabov SHerzod (“Olimpiya”), Karimov Ulug'bek (“Buxoro”).
Ushbu xalqaro xotira turnirini tashkil etishda Bektemir tumanidagi Bolalar va o'smirlar sport maktabining jonkuyar murabbiyi Anatoliy Alekseevich Loshinin, O'FF Faxriylar kengashi raisi Narimon Jalolov hamda Stanislav Stadnikning do'stlari jonbozlik ko'rsatishdi.
Mavlon SHukurzoda tayyorladi

Fikrlar