So’nggi yangiliklar

13:29Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин  5 13:12Арне Слот ҳакамлардан норози: "Лайнсмен байроқни кўтариш учун 13 сония вақт сарфлади"  0 12:45Фердинанд МЮ натижасига катта ҳисса қўшаётган 3 футболчини ажратиб кўрсатди  1 12:07"Челси" "Реал" ортга қайтаришни хоҳлаётган истеъдодга эътибор қаратди  2 11:40Нагельсманн Германиянинг ноябрь ойидаги йиғинидан тажриба майдони сифатида фойдаланиш ниятида эмас  0 10:49АПЛнинг ўртамиёна жамоаси "Барселона" футболчисига 80 миллион евро беришга тайёр  4 10:00Стивен Жеррард Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  2 09:32"Реал" Винисиусга нарх қўйди  14 09:07Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман"  4 08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  2 08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёнинг иккита жамоаси плей-оффда. Кечаги кун натижалари билан танишинг  1 07:18U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун бизни гуруҳдаги ҳал қилувчи учрашув кутиб турибди  14 01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  8 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0

Srechko Katanec: "O'zbekiston doimgidek Osiyo kubogiga yo'l olishi kerak, biroq hech qaysi o'yinni boshlanmasdan avval yutib bo'lmaydi" Yangiliklar

Srechko Katanec: "O'zbekiston doimgidek Osiyo kubogiga yo'l olishi kerak, biroq hech qaysi o'yinni boshlanmasdan avval yutib bo'lmaydi"

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec Osiyo kubogi saralash bosqichiga tashlangan qura, raqiblar va maqsadlar haqida gapirdi.

"Quradan avval ham favorit edik, chunki reyting jihatdan qaraydigan bo'lsak, O'zbekiston terma jamoasi boshqa terma jamoalarga qaraganda yuqoriroqda joylashgandi. O'ylashimcha, quradan keyin ham favoritligimizni saqlab qolganmiz. Lekin o'z tajribamdan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, jamoani iloji boricha yaxshiroq tayyorlashimiz, futbolchilarni ruhlantira olishimiz hamda o'yin boshlanmasidan oldin yutqazish kerak emasligini futbolchilarga etkazib bera olishimiz lozim. SHu sababdan, futbolchilar bilan juda qattiq mehnat qilishimiz hamda o'zimizni eng yaxshi darajada tayyorlay olishimiz talab etiladi. Aks holda, bilamizki, futbolda o'ziga xos syurprizlar yuzaga kelishi mumkin. 

Qisqa qilib aytganda, O'zbekiston doimgidek Osiyo kubogiga yo'l olishi kerak, biroq hech qaysi o'yinni boshlanmasdan avval yutib bo'lmaydi. O'zbekiston favorit sifatida ko'rilmoqda, men, murabbiylar shtabi hamda futbolchilar birgalikda oldinda kutib turgan o'yinlarda g'alaba qozonib, Osiyo kubogiga yo'llanma olish uchun zarur bo'lgan barcha ishlarni amalga oshiramiz. Tez orada Toshkentga qaytaman hamda boshqa masalalarni o'sha erda muhokama qilamiz. O'zbek xalqiga, barcha O'zbekiston fuqarolariga sog'lik-salomatlik tilab qolaman, chunki bu eng asosiysi hisoblanadi. Barcha yaxshi tilaklarni bildirib, ko'rishguncha deb qolaman", — deydi Katanec.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика