So’nggi yangiliklar

07:23Про лига. Бугун 22-турнинг сўнгги учрашуви бўлиб ўтади  0 01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  4 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  12 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  7 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  6

Srechko Katanec: "Namanganlik muxlislar juda ajoyib va tarbiyali ekan" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Namanganlik muxlislar juda ajoyib va tarbiyali ekan"

"Navruz Cup-2022" musobaqasi doirasidagi O'zbekiston - Qirg'iz Respublikasi uchrashuvidan oldin O'zbekiston bosh murabbiyi Srechko Katanec matbuot anjumanida qatnashdi.

"Ushbu musobaqa biz uchun yangi futbolchilarni sinab ko'rish va kamroq maydonga tushganlarni sinovdan o'tkazib olaman. Legionerlarimizning hozirgi formasi qandayligini kuzatamiz. Bunday darajadagi o'yinlarda mahalliy futbolchilarimiz qanchalik tayyorligini ko'rib olamiz, o'z navbatida biz har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz", - dedi Katanec.  


- Ertaga faqat yangi futbolchilarni tekshirib olasizmi yoki natija muhimmi? 

- O'rtoqlik o'yinida natijani birinchi o'ringa qo'ymayman. Bu mening shaxsiy fikrim! O'rtoqlik o'yinida bosim bo'lmasligi kerak. Bazi taktikalarni sinab ko'rishimiz mumkin, futbolchilarning bir jamoa sifatida harakat qilishini tekshirib olishimiz kerak. 

- Jamshid Iskanderovning terma jamoada kutganlar ko'p edi...

- To'g'ri, terma jamoaga chaqirilmagan ko'plab futbolchilar bor. Ammo joylar cheklangan. O'ylashimcha hozir terma jamoaga chaqirilganlar eng kuchli futbolchilar hisoblanadi. 

- Oston O'runov, SHahboz Umarov, Jasur Yaxshiboev va Bobir Abdixoliqov kabi futbolchilar kelajakda terma jamoada o'ynashi mumkinmi? 

- O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqa olmaganini bilmayman. Bunga baho berishim noto'g'ri. O'tgan yil O'zbekiston chempionatida chempionlik taqdiri oldindan hal bo'lgandi. Hozir yangi mavsum boshlandi. O'zingiz nima deb o'ylaysiz chunki siz doim shu erda bo'lgansiz va o'zbek futbolini bilasiz. Iskanderov haqida so'rashdi, o'tgan yil Janubiy Koreyada o'ynagan Aliboev, Ashurmatovni ham kuzatdik. Ularning bazi o'yinlarini kuzatdim, nima uchun ular O'zbekiston chempionatiga qaytib kelayotganini so'rash kerak. Umarov va Yaxshiboev oxirgi paytlarda o'ynashmayapti. SHomurodov o'ynamayapti, Masharipov so'nggi o'yinlarda maydonga tushdi va gol urdi. O'runov ham o'ynamayapti. Mening ishim futbolchilarni bir jamoa sifatida shakllantirish. Biz yaxshiroq holatda bo'lishimiz mumkin edi. SHu bois ham bizga shunday o'rtoqlik uchrashuvlari zarur. Futbolda hech qachon aniq gapira olmaysiz. Klubda 90 daqiqa o'ynagan futbolchilar bo'lmagan bo'lishi mumkin. Bu doimgi muammo. CHempionat rivojlanmoqdami yoki aksinchami shular haqida fikringizni olishim mumkin. Namanganga yaqinda keldim va stadion to'lgandi. Menimcha O'zbekiston terma jamoasini ham shunday qo'llab turishadi. Albatta bu ob havoga ham bog'liq. Ikkita o'yinni bitta maydonda o'tkazish bilmadim qanday tasir qiladi? 

- "Navbahor" muxlislari haqida nima deya olasiz? 

- Aytib o'tdim, juda ajoyib. Yoqqan jihati "Nasaf"ga qarshi o'yinda raqib jamoaga ham qarsak chalishdi. Namanganlik muxlislar tarbiyali ekan. 

- IbrohimHalil Yo'ldoshev va Husayn Norchaev kabi futbolchilar olimpiya terma jamoasida. Ularni milliy terma jamoaga chaqirmoqchi edingizmi? 

- Nega ular doim olimpiya terma jamoasida bo'ladi deb o'ylayapsiz? U-23 terma jamoasi Osiyo chempionatida qatnashadi, biz ham Osiyo Kubogiga chiqishimiz kerak. Agar o'sha vaqtda ular milliy terma jamoaga kerak deb hisoblasam MTJga kelishadi. 

- Terma jamoaga 4 nafar hujumchi chaqirilgan va ularning hammasi legioner. Ertaga o'z klubida to'liq o'ynayotgan hujumchilar maydonga tushadimi yoki SHomurodov o'ynaydimi? 

- Yo'q, yo'q SHomurodov o'ynaydi. U jamoa sardori. Bizda uchta sardorlik bog'ichi yo'q. Masharipov va SHukurov ham sardor bo'lishga loyiq. Ammo SHomurodov terma jamoada eng ko'p o'yin o'tkazgani uchun sardor sifatida tanladik. 

- Bir kunda bitta stadionda ikkita o'yin o'tkazilishiga qanday qaraysiz? 

- Namanganda yana boshqa stadion bormi? (zalda kulgu). Bunday darajadagi ikkita o'yin ketma-ket bitta maydonda o'tishi bilmadim qanday bo'ladi? Yomg'ir ko'p yog'moqda, bu bahona bo'lmasligi kerak. Birinchi o'yindan keyin maydonga juda katta zarar etishi aniq. Yigitlar bunday sharoitga ko'nikishlari kerak. "Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvidan keyin maydonga tushib ko'rgandim, holati yaxshi emasdi. Bu tabiiiy hol. Oxirgi payt juda ko'p yomg'ir yog'moqda.


Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика