Solari ishsiz qolishini kutmagan ekan
28 mar 2019 16:27
Yangiliklar
Solari ishsiz qolishini kutmagan ekan
"Real" sobiq bosh murabbiyi Santyago Solari istefosidan hayron bo'lgan ekan.
Malumotlarga ko'ra, argentinalik mutaxassis mavsum yakunlanishidan oldin ishsiz qolishini kutmagan edi. Ayni damda Solari Ibicadagi uyida dam olmoqda. Oldinroq, "Real" argentinalikni klub tizimida saqlab qolmoqchi ekanligi elon qilingandi.
42 yoshli Solari 2018 yilning 30 oktyabrida "Real" bosh murabbiyi sifatida elon qilindi. "Qirollik klubi" Solari qo'l ostida CHempionlar ligasi va Ispaniya Kubogidan chiqib ketdi, LaLigada esa turnir jadvali etakchisi "Barselona"dan 12 ochkoga qolib ketdi.
Fikrlar