So’nggi yangiliklar

09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  0 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  2 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  6 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  0 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  1 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  1 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  5 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  17 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  7 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  8

“So'g'diyona” yangi futbolchilarni tanishtirdi FOTO Yangiliklar

“So'g'diyona” yangi futbolchilarni tanishtirdi FOTO

Bugun Jizzaxning "So'g'diyona” klubi 2017 yilgi mavsumda klub sharafini himoya qiladigan yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazdi.

Bo'lib o'tgan taqdimot marosimida  Jizzax viloyati futbol federaciyasi vice-prezidenti Anvar Musulmanov, "So'g'diyona” FK bosh murabbiyi Davron Fayziev, OAV xodimlari va fan-klub azolari ishtirok etishdi. Dastlab Anvar Musulmanov so'z olib, jamoaning yangi mavsumga olib borgan tayyorgarligi, ushbu mavsumda muxlislarning stadionga kirish tartiblari haqida to'xtalib o'tdi.

Bosh murabbiy Davron Fayziev esa jamoadagi o'zgarishlar, yangi taklif etilgan futbolchilar, rahbariyat tomonidan qaratilayotgan etibor to'g'risida gapirib, bu yilgi mavsumda jamoa muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatishiga harakat qilishini va yaxshiroq natijalar qayd etilishiga bor kuchlari bilan mehnat qilishlari haqida gapirdi.


SHundan so'ng, OAV xodimlari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.SHundan so'ng, 18 mart kuni "Olmaliq” jamoasi bilan bo'lib o'tadigan o'yindan oldingi navbatdagi mashg'ulotlarga kirishildi. Barcha muxlislarni 2017 yil 18 mart kuni, soat 17-00da bo'lib o'tadigan XXVI O'zbekiston chempionati 3-tur o'yinida jamoani bevosita stadiondan qo'llab quvvatlashga chaqiramiz. SHu kuni Jizzaxda chempionatning rasmiy ochilish marosimi ham o'tkaziladi.Yana  bir yangilik, joriy mavsumda klub o'zining yangi avtobusiga ega bo'ldi.


Jamoaga kelib qo'shilgan futbolchilar.  1. Sarvar Karimov "Lokomotiv"  2. Sardor Qulmatov "Neftchi"  3. Azamat Isroilov "Andijon"  5. G'ulom Urunov "Andijon"  6. Sunnat Mamadaliev "SHurtan"  10. Alisher Maxmudov "Navbahor"  11. SHoxrux Dostonov  "Mashal"  13. Rustam Azamov "Norin"  20. Ulug'bek Xudoyberdiev "Metallurg"  22. Doston Abdurahmonov "Olmaliq"  34. Omon-biik Xalilov "Navbahor"  12. SHoxrux Eshbo'taev "Mashal"

"So'g'diyona" matbuot xizmati

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика