So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   5 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Siqilma mehmondir tanangda bu jon ham... O'zbekiston kubogida nimalar bo'lmoqda? Yangiliklar

Siqilma mehmondir tanangda bu jon ham... O'zbekiston kubogida nimalar bo'lmoqda?

"Paxtakor" va "Navbahor" ehtiyot bo'lsin.

O'zbekiston kubogi nimchorak finali doirasidagi o'yinlar davom ettirilmoqda.

Bunga qadar 8 ta uchrashuvning 6 tasi ortda qoldi. 2 iyul kuni so'nggi ikki chorak finalchi malum bo'ladi.

Bu yilgi musobaqada favorit deb hisoblangan jamoalar muddatdan avval kubok uchun kurashda chiqishi bilan yodda qolmoqda.

Kubokning amaldagi sohibi "Andijon" klubi guruh bosqichidayoq o'z yurishini to'xtatdi. "Lochin"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin hattoki "Andijon" ustozi Aleksandr Xomyakov istefoga chiqarildi.

"Burgutlar" bilan bir guruhda bo'lgan Termizning "Surxon" klubi ham "Lochin"ga yutqazib qo'ydi va keyingi bosqichga chiqa olmadi. Yodingizda bo'lsa o'tgan yil "Surxon" kubok yarim finaliga qadar etib borgan va penaltilar seriyasidagina "Andijon"ga yutqazib qo'ygandi.




Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" esa "Paxtakor" va OKMK joy olgan "o'lim guruhi"dan chiqa olmadi. Shu tariqa, Qarshi klubi ketma-ket ikkinchi yil guruhda qolib ketdi.

Nimchorak finalda eng kuchli tarkibga ega bo'lgan "Neftchi" o'z maydonida Muborakning "Mashal" klubiga sensacion tarzda yutqazib qo'ydi va ketma-ket 8-mavsum chorak finalga chiqa olmadi.

2018 yilgi mamlakat kubogi sohibi Olmaliqning OKMK klubi kecha o'z stadionida "Buxoro"ga qarshi maydonga tushdi va 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Qizig'i aynan "Buxoro" Qosimov shogirdlarini o'tgan yil guruh bosqichida qolib ketishlariga sabab bo'lgandi.




Oldinda nimchorak finalning yana ikkita uchrashuvi bor: "Paxtakor" - "Olimpik MobiUZ" va "Xorazm" - "Navbahor".

Xo'sh, sizningcha o'yinlarda qaysi klublar favorit?

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика