Simeone La Ligadagi poyga haqida: "Atletiko" o'zi bilan o'zi kurashmoqda. Nimani xohlashimizni aniq bilamiz va maqsad sari harakat qilyapmiz"
01 dek 2024 11:55
Yangiliklar
Simeone La Ligadagi poyga haqida: "Atletiko" o'zi bilan o'zi kurashmoqda. Nimani xohlashimizni aniq bilamiz va maqsad sari harakat qilyapmiz"
Diego Simeone "Atletiko"ning La Ligadagi chempionlik poygasi uchun imkoniyatlari haqida gapirdi.
Madridliklar 15 o'yindan so'ng "Barselona"dan 2 ochko ortda qolgan holda 2-o'rinda borishmoqda.
"Kurashga kelsak [sovrin uchun], biz o'zimiz bilan o'zimiz kurashyapmiz. Oson bo'lmaydi, sababi "Real", "Barselona", "Vilyarreal" bilan raqobat qilyapmiz, "Atletik" ham juda yaxshi jamoa. La Liga – og'ir turnir, ammo o'yindan o'yinga yanada qiyinlashib boradi.
Langle, Serlot va Xulian [Alvares]ning o'sishi, Ruben [Le Norman]ning [tezroq] tiklanishi – bularning bari yaxshi jamoa bo'lib ishlashga yordam beradi. Nima xohlashimizni aniq bilamiz va maqsad sari odimlayapmiz", – dedi "Atletiko" bosh murabbiyi "Valyadolid" (5:0) bilan o'yindan keyin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar