So’nggi yangiliklar

Silva APL tarixida 39+ yoshida gol urgan to'rtinchi futbolchi bo'ldi Yangiliklar

Silva APL tarixida 39+ yoshida gol urgan to'rtinchi futbolchi bo'ldi

Teglar :  Tiago SilvaCHelsi
“CHelsi” klubining braziliyalik himoyachisi Tiago Silva Angliya premer-ligasining 12-turi doirasida “Manchester Siti”ga qarshi o'yinda (4:4) gollardan birini kiritdi.

 SHu tariqa, APL tarixida 39+ yoshida gol urgan to'rtinchi futbolchi bo'ldi. Unga qadar  Din Uindass, Teddi SHeringem, Rayan Giggz kabi futbolchilar 39+ yoshida APLda gol urishni uddalashgan.

Eslatib o'tamiz, 39 yoshli Silva "CHelsi"ga 2020 yilda kelib qo'shilgan. Bu vaqt ichida braziliyalik himoyachi London klubi safida 127 ta uchrashuvda qatnashib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 

Joriy mavsumda braziliyalik barcha turnirlarda 12ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urgan. Futbolchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика