So’nggi yangiliklar

01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  7 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  2 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  11 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  3 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5

SHuhrat Qurbonov: "Standart vaziyatlar bo'yicha ishlashimiz zarurligi ko'rinib qoldi" Yangiliklar

SHuhrat Qurbonov: "Standart vaziyatlar bo'yicha ishlashimiz zarurligi ko'rinib qoldi"

Pro-liganing 4-turidan olgan "Do'stlik" - "Buxoro" (0:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi SHuhrat Qurbonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida


- "Buxoro" jamoasi mahorat va tajriba bobida ustun ekanligi o'yin davomida sezildi. Tarkibimiz yosh, bugun xato va kamchiliklarimizni ko'rib oldik. Masalan 2 ta gol ham standart vaziyatlardan kiritildi. Biz shu kabi vaziyatlarda yanada ko'proq ishlashimiz lozimligini ko'rib oldik. "Buxoro" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman va omad tilayman.


- Tarkibi yosh futbolchilardan iborat jamoalar tajribali futbolchilari bor bo'lgan klublarga qarshi o'yinda qiynalishmoqda. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz?


- Yoshlarga ko'proq o'yin amaliyoti berish kerak. "Buxoro"da o'ynayotgan futbolchilar ham 5-6 yil oldin shunaqa holatda edi. Barchasi o'z-o'zidan shakllanib qolmaydi, yosh futbolchilarga ko'proq o'yin amaliyoti zarur.


- Dastlabki 4 ta turda 4 ta mag'lubiyat. Bu jamoa ruhiyatiga tasir ko'rsatmaydimi?


- Ko'rsatadi albatta. Lekin biz ishlashda davom etaverishimiz kerak. Qancha ko'p ishlasak, natijasi bo'ladi. Hozir yosh futbolchilar o'zaro bir-birlarini tushunishda qiynalishayapti. Biroq, bu o'tkinchi holat. Masalan bugungi o'yinimiz avvalgilaridan yaxshiroq chiqdi. O'yindan o'yinga tajriba to'plab, kuchayib boramiz. Bugun bazi  vaziyatlarda kuchli raqib bilan tengma-teng o'ynay oldik.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика