So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

SHuhrat O'rinboev: "Andijon"ning maqsadi mavsum so'nggigacha chiroyli o'yin ko'rsatish" Yangiliklar

SHuhrat O'rinboev: "Andijon"ning maqsadi mavsum so'nggigacha chiroyli o'yin ko'rsatish"

Kecha SportTVda namoish etilgan "Futbol sharhi" ko'rsatuvining mehmoni "Andijon" jamoasining yangi ijrochi direktori SHuhrat O'rinboev bo'ldi. Ushbu ko'rsatuvda bo'lib o'tgan suhbatni taqdim etamiz.
- "Andijon" bu yilgi mavsumda o'z oldiga qo'ygan vazifalarni bajara olmayapti. Ayni vaqtda juda qiyin ahvolda qolgan. 2002-2008 yillarda siz jamoani Birinchi ligadan oliy ligaga olib chiqdingiz. Ayni vaqtda jamoani qabul qilib olganingizda aksincha jamoa oliy ligadan birinchi ligaga qarab yo'l olmoqda. Aytingchi siz jamoani qabul qilib olayotganingizga bu jihatlar sizni xavotirga solmadimi?

- Albatta , xavotirga soldi. CHunki "Andijon" klubi 12 o'rindagi jamoadan 11 ochko ortda bormoqda. Ayni vaqtda jamoani holatiga havas qilib bo'lmaydi. Oliy ligada qolishni uddalash bu juda ham qiyin masala. Avvalo, chiqmagan jondan umid biz harakatni davom ettiramiz. Rahbariyat bizni oldimizga ushbu mavsum hech qanday talab qo'ymagan. Vazifamiz chiroyli o'yin ko'rsatishdan iborat bo'lib qoldi. Hech qachon jamoa bo'ldi endi biz oliy ligadan tushub ketdik deb maydonga tushmaydi. Futbolda hech qachon oldindan taslim bo'lmaydi. Nazariy jihatdan hali ham imkoniyatimiz bor. Navbatdagi o'yinlarimizni barchasi peshdaqam jamoalarga qarshi bo'lib o'tadi. Vaziyatga real qarash kerak. Agar birinchi ligaga tushib ketsak, yangidan boshqa jamoani shakllantiramiz.

Bu yilda jamoa oliy ligadan tushib ketadimi, qoladimi biz jamoa oldiga uch yillik dasturni taqdim etdik. Bu dasturga nisbatan biz faqat homiylarga qarab qolmasdan o'zini-o'zi taminlaydigan klubni tashkil etmoqchimiz. Bir yilda yaxshi klub qilib yuboramiz deb ayta olmayman. Kamida uch yilda "Andijon"ni raqobatbardosh klub qilamiz.

- "Andijon" jamoasi nega so'nggi yillarda qo'nimsizlikka uchragan deb o'ylaysiz. Jamoani ajoyib muxlislari bor, homiylari bor, stadioni bor. SHunga qaramay jamoa oliy ligada qo'nim topa olmayapti.


"Andijon"ning muxlislari eng kuchlisi deya olaman. Qolganlariga sababni esa avval ishlab ketgan rahbarlarga bog'likligini aytishim mumkin. Bosh homiyimiz va viloyatimiz rahbari tomonidan barcha sharoit yaratilgan bo'lsada natija bo'lmayapdi. Har qanday futbol hodimi o'z manfaatidan klubnikini ustun qo'yishi kerak.

- Jamoada murabbiylar qo'nimsizligi ham bor. Misol uchun Birinchi ligadan Abduraimov olib chiqdi, undan so'ng SHevchenko oldi. Endi Mamatkazinga qoldi. Siz jamoa rahbari sifatida murabbiylar borasida qanday fikrdasiz?

- "Andijon"da har yili murabbiy almashadi. Biz endi shunday murabbiyni taklif etmoqchimizki u biz bilan uch yil birga ishlaydigan va o'z manfaatidan klub manfaatini ustun qo'yadigan murabbiyni taklif etmoqchimiz. U murabbiy viloyatdagi yoshlar futboliga katta etibor qaratishi lozim.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика