So’nggi yangiliklar

12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  0 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   4 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  17 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2

SHota Arveladze: “OCHLda minimum vazifa - guruhdan chiqish” Yangiliklar

SHota Arveladze: “OCHLda minimum vazifa - guruhdan chiqish”

OCHL-2020 guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan “Paxtakor” – “SHabab Al Ahli” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida dastlab mezbonlar ishtirok etishdi.

Bosh murabbiy SHota Arveladzega jamoa sardori Egor Krimec hamrohlik qildi. 

“Birinchi navbatda yangi mavsum bilan barchani tabriklayman. Albatta OCHLni o'z maydonimizda boshlaymiz. Bu musobaqa biz uchun, O'zbekiston uchun juda muhim. Guruhimiz qanday ekanligini bilasizlar. O'z o'yinimizni ko'rsatishga urinamiz. Ayniqsa dastlabki ikki turni o'z maydonimizda o'tkazishimiz balki qandaydir ustunlik berar. Ertaga muxlislar kelib bizni qo'llab quvvatlashadi deb o'ylayman”, - deydi SHota Arveladze. 

“Men ham yangi mavsum bilan futbol jamoatchiligini tabriklayman. Ertaga o'ylashimcha qiziqarli o'yin kutib turibdi. Ilk o'yin uyda ekanligi yaxshi. O'tgan yilgi OCHLda qilgan xatolar ustida ishladik”, - deydi Egor Krimec. 


- Rahbariyat klub oldiga OCHLda qanday vazifa qo'ydi?
- Guruhdan chiqish vazifasi qo'yildi. 

- Jamoaning jismoniy holati hozir qanday?
- Bir jamoa tonusga kirib olishi uchun 10ta o'yin kerak bo'ladi. Hozirga qadar 4ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik. 

- Raqib haqida nima deya olasiz?
- Kuchli jamoa. Ayniqsa hujum chizig'i kuchli. Ayni paytda BAA chempionatida peshqadam bo'lib turibdi. Futbol o'ynashni yaxshi ko'rishadi. Tarkibida ispaniyalik, argentinalik va braziliyalik legionerlari bor. Bundan tashqari “SHabab Al Ahli” o'z safiga Aziz G'anievga qo'shib oldi.  

- Ertangi bahsga hamma tayyormi?
- Sidiqov, Komilov va Abdullaev kabi futbolchilardan tashqari qolganlar ertangi o'yinga tayyor. Bu o'yinchilar taxminan bir oylardan keyin maydonga tusha boshlashsa kerak.

- Ertaga jamoa hujumkor o'ynaydimi?
- “Paxtakor” o'zi biladigan o'yinni namoyish etadi. O'yin davomida o'z uslubimizdan chekinmoqchi emasmiz. 

- Jamoada bir nafar osiyolik legioner uchun joy qolgan.
- OCHL uchun zayavka qilish vaqti tugadi. Balki ikkinchi davra oldidan o'ylab ko'rarmiz. 

- Raqib safida siz himoyachilarga bosh og'riq bo'ladigan qaysi hujumchilarni ajratib ko'rsata olasiz?
Egor Krimec: -
Aynan bir futbolchini ajratib ko'rsata olmayman. Lekin bosh murabbiy aytganidek kuchli legionerlari bor. Ularga qarshi yaxshi o'ynay olamiz deb umid qilaman. 

- Eren Derdiyok jamoaga qanday qo'shilib ketdi?
Egor Krimec:
- Eren juda yaxshi yigit. Dastlabki kunlardanoq juda ham yaxshi suhbatdosh ekanligini bildik. SHunchaki o'yindagi o'zaro tushunishni yo'lga qo'yib olishimiz darkor.



Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" - "SHabab Al Ahli" uchrashuvi 10 fevral kuni soat 16:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика