So’nggi yangiliklar

22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  1 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  67 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  9 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 20:17"Манчестер Сити" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  50 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  26 19:44"Барселона" "Ливерпуль" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:08Суперлига. "Сўғдиёна" сафарда 10 киши қолган "Хоразм"ни мағлуб этди   14 18:45ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда аутсайдерни мағлуб этди, Раҳмоналиев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 18:21Неъматулла Қуттибоев: "Локомотив"га қарши 4 ўйин ўтказган бўлсак, шуларнинг 3тасида биз улардан яхшироқ эдик"  0

"SHo'rtan" bosh murabbiyi Aleksey Estafeev: "Bizdagi muammo ruhiyat bilan bog'liq" Yangiliklar

"SHo'rtan" bosh murabbiyi Aleksey Estafeev: "Bizdagi muammo ruhiyat bilan bog'liq"

O'zbekiston kubogi musobaqasining guruh bosqchichi 1-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Yangier" (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksey Estafeev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Og'ir o'yin bo'ldi. Bugun Birinchi liga jamoasiga qarshi o'ynadik. Birinchi bo'lib gol o'tkazib yuborganimizga qaramay yakunda g'alabani o'z tomonimizga og'dira oldik. Lekin xatolarimiz bor, xatto kam emas. To'p uzatishlar, futbolchilarning o'zaro bir-birlarini tushunishda muammolar ko'zga tashlanayapti. Hali oldimizda bajarish lozim bo'lgan ishlar ko'p.

- "Qo'qon-1912"ga qarshi chempionat o'yinida ikkinchi bo'limdagi xarakter uchun shogirdlaringizga minnatdorchilik bildirgandingiz. Bugun ham xuddi shunga o'xshash xolat sodir bo'ldi...


- Ha, to'g'ri "Qo'qon-1912" o'yinda ham ikkinchi bo'limdagi faollik evaziga ochko olishni uddalagandik. Albatta, bugungi o'yin uchun ham yigitlarga rahmat aytaman. Biroq, aytib o'tganimizdek, xato va kamchiliklarimiz bor, ishlashimiz kerak.

- Jamoaning Pro-liga va O'zbekiston kubogi musobaqalarida maqsadi qanday?


- Biz har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz, maqsadimiz shunday.

- Sizningcha, jamoadagi asosiy muammo nimalardan iborat?


- Bizdagi muammo ruhiyat bilan bog'liq. Yigitlarda o'zlariga ishonchni shakllantirishimiz kerak. O'yinlar mobaynida bu kabi muammolar bartaraf etib boriladi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика