SHomurodovdan o'ziga xos rekord...
02 fev 2023 04:04
Yangiliklar
SHomurodovdan o'ziga xos rekord...
“Roma” hujumchisi Eldor SHomurodov ijara asosida “Speciya” tarkibiga ko'chib o'tganidan xabaringiz bor.
Etiborli jihati, hamyurtimiz “burgutlar” tarkibidagi eng qimmatbaho o'yinchilardan biriga aylandi. Eldorning ayni paytdagi transfer bahosi 7 mln evroga teng. “Speciya”da undan qimmatroq 2 nafar futbolchi bor ekan. Bular: “CHelsi”dan ijaraga olingan Itan Ampadu (9mln evro) va italiyalik himoyachi Simone Bastoni (7,5 mln evro).
“Speciya” SHomurodovning 5 oylik xizmati uchun rimliklar hisob raqamiga 1,5 mln evro o'tkazib berishi kerak. Bu klub tarixidagi o'ziga xos rekord hisoblanadi. Jamoaning 116 yillik tarixida hali hech qaysi futbolchining ijarasi uchun bunaqa mablag' to'lanmagan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar