SHomurodov La Ligaga yo'l olishi mumkin. Unga Ronaldo egaligidagi klub qiziqmoqda
14 jan 2023 16:31
Yangiliklar
SHomurodov La Ligaga yo'l olishi mumkin. Unga Ronaldo egaligidagi klub qiziqmoqda
Bu haqda "El Chiringuito" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Real Valyadolid" hujum chizig'ini kuchaytiradigan futbolchilarni izlamoqda. Ronaldoga tegishli bo'lgan klub "Roma" asosiy tarkibidan o'rin ololmayotgan Eldor SHomurodov variantini o'rganmoqda.
"Valyadolid"ga SHomurodov varianti maqul kelmoqda va ular o'zbekistonlik forvardni sotib olish huquqisiz ijaraga olmoqchi. SHuningdek, La Liga klubi Eldorning transferi uchun "Roma" xohlayotgan 10 mln evroni tushirish bo'yicha muzokara o'tkazmoqchi.
Avvalroq "Torino" 27 yoshli futbolchining ijarasi uchun 1 mln evro to'lamoqchi ekanligi aytilgandi. Uning transfer narxi esa 7 mln evroga baholanmoqda.
"Real Valyadolid" joriy mavsum Ispaniya chempionatida 16 ta o'yin o'tkazib, 17 ochko bilan jadvalda 16-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar