So’nggi yangiliklar

23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  51 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  1 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  70 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  9 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  26 19:44"Барселона" "Ливерпуль" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:08Суперлига. "Сўғдиёна" сафарда 10 киши қолган "Хоразм"ни мағлуб этди   14 18:45ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда аутсайдерни мағлуб этди, Раҳмоналиев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 18:21Неъматулла Қуттибоев: "Локомотив"га қарши 4 ўйин ўтказган бўлсак, шуларнинг 3тасида биз улардан яхшироқ эдик"  0

SHohruz Norxonov: "OKMKga qarshi kechgan o'yinda imkoniyatni boy berib, muxlislarni ranjitib qo'ydik" Yangiliklar

SHohruz Norxonov: "OKMKga qarshi kechgan o'yinda imkoniyatni boy berib, muxlislarni ranjitib qo'ydik"

Coca Cola Superligasi 6-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Andijon" jamoalari o'rtasidagi "Vodiy derbisi" arafasida "lochinlar"ning bugun 30 yoshini nishonlayotgan tajribali hujumchisi SHohruz Norxonov bo'lajak o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"So'zim avvalida barcha hamyurtlarimizni shu kunlarda yurtimizda davom etayotgan muqaddas Ramazon oyi bilan tabriklayman. Mazkur oyda bajarayotgan barcha amallari, ibodatlarini Alloh o'z dargohida qabul qilsin, ilohim!

Bo'lajak o'yin borasida to'xtaladigan bo'lsam, ushbu bahs "Vodiy derbisi" sanaladi va derbi bahslari doimo shiddatli, keskin kurashlar ostida va tomoshabop kechadi.

Mazkur uchrashuv ham bundan mustasno bo'lmaydi, albatta. Xudo xohlasa, ilk marta "Vodiy derbisi"da bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lib turibman.

Joriy mavsum bahslari Superligada barcha jamoalarning kuchi deyarli teng ekanligi, bu yil oson o'yinlar bo'lmasligini isbotlamoqda.

Bo'lajak raqibimiz "Andijon" ham derbi maqomiga ega uchrashuvda jamoamizga munosib qarshilik ko'rsatishga intiladi.       

O'tgan turda OKMKga qarshi kechgan o'yinda imkoniyatni boy berib, muxlislarni ranjitib qo'ydik. SHu bois, andijonliklar bilan bo'ladigan bellashuvda g'alaba qozonib, muxlislarga quvonch ulashishga harakat qilamiz hamda buni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Ishqibozlardan esa jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo'llab-quvvatlab, g'alabamizga madadkor bo'lishlarini so'rab qolaman. 

Fursatdan foydalanib, bizga barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimi SHavkat SHokirjanovich Abdurazzoqov, shuningdek, "Navbahor" PFK rahbariyati, jumladan, klub vice-prezidenti Otabek Arifovich Samatovga jamoamiz nomidan o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

Jamoamiz joriy mavsumda o'zi qatnashadigan barcha musobaqalarda zafar quchishni maqsad qilgan.    

Buni amalga oshirish uchun biz – futbolchilar qo'ldan kelganicha harakat qilamiz", – dedi namanganliklar forvardi.

Eslatib o'tamiz, "Navbahor" – "Andijon" uchrashuvi ertaga 18:00 ga belgilangan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика