So’nggi yangiliklar

11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  5 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  0 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  1 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  2 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  1 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  20 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  3 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  24 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  8

SHohruh Ishanov: "Olimpik"ning tajribasi bizdan ancha yuqori, buni hisob ko'rsatib berdi" Yangiliklar

SHohruh Ishanov: "Olimpik"ning tajribasi bizdan ancha yuqori, buni hisob ko'rsatib berdi"

O'zbekiston kubogi 1/8 final bosqichidan o'rin olgan "Olimpik" – "Andijon-SGS" (10:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi SHohruh Ishanov matbuot anjumanida qatnashdi.



- O'yin haqida

- "Olimpik"ni g'alaba bilan tabriklayman. Tanaffusdan keyin birinchi o'yinimiz. Yangi yigitlar bor tarkibda. Bugun ularni ko'zdan kechirdik. "Olimpik"ning tajribasi bizdan ancha yuqori, buni hisob ko'rsatib berdi. Bizga oson bo'lmadi, lekin harakat qilishda davom etamiz. SHu xatolar bizga keyinchalik yordam beradi.

- Ikki xil taym. Birinchi taym juda yomon o'tdi, ikkinchi bo'limdan oldin yigitlarga nima dedingiz?

- Qaytaraman, bizda yangi futbolchilar. Birinchi bo'limda ularni sinab ko'rdik. To'g'ri, mashg'ulotlar bo'lgandi, ammo haqiqiy o'yinda ularni endi sinab ko'rdik. Ikkinchi bo'limda esa ular bir-birlarini tushunishni boshlashdi. Ikkinchi taymda o'ynagan yigitlar jamoada avvaldan harakat qilib kelishardi.

- Tanaffusda yigitlarga nima dedingiz? Tanbeh berdingizmi?

- Yo'q, biz yigitlarga unday qilmaymiz. Maydonga chiqib, o'z o'yiningizni ko'rsating dedim ularga. Ular maydonga chiqishdi va ikkinchi bo'limda bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Ularga bu uchun rahmat aytaman. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика