"SHaxtyor" ECHLda ilk bor to'liq ukrainalik o'yinchilar bilan harakatlandi
06 okt 2022 12:28
Yangiliklar
"SHaxtyor" ECHLda ilk bor to'liq ukrainalik o'yinchilar bilan harakatlandi
"Konchilar" CHempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-turida "Real Madrid"ga qarshi o'yinda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Jamoaning kichik hisobdagi mag'lubiyatiga qaramay, maydonda bir ahamiyatli hodisa sodir bo'ldi.
Doneck klubi rasmiy saytida malum qilinishicha, klub ECHL tarixida birinchi marta faqat ukrainalik futbolchilardan iborat tarkibni maydonga tashladi. O'yinning 88-daqiqasidagina xorvatiyalik Neven Jurasek va Burkina-Faso hujumchisi Lassina Traore maydonga zaxiradan qo'shildi. Aks holda, ushbu uchrashuv faqat ukrainaliklarning ishtiroki bilan nihoyasiga etar edi.
"SHaxtyor" keyingi turda ham Madrid klubiga qarshi o'ynaydi. Ushbu o'yin 11 oktyabr sanasida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar