So’nggi yangiliklar

14:29Қирғиз Республикаси терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  0 14:16Лутфулла Тўраев "Бунёдкор"га қайтди  2 13:52"Жиззахда Абрамов, Ғузорда Лушчан жамоасининг имконияти юқори" — Павел Соломин   1 13:2944 ёшли дарвозабон жаҳон рекордини янгилади  1 12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  14 12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  2 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  21 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  4 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  7 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  15 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  3 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  16

SHavkat Saidov: "Mavsumdagi eng chiroyli o'yinimizni ko'rsatdik" Yangiliklar

SHavkat Saidov: "Mavsumdagi eng chiroyli o'yinimizni ko'rsatdik"

Uchrashuvdan keyin jamoa bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov Bekobodga tashrif buyurgan OFK nazoratchilarini kuzatayotganligi bois jamoa boshlig'i SHavkat Saidovga yuzlandik:
Bugun mavsumdagi eng chiroyli o'yinimizni ko'rsatdik deb o'ylayman. Murabbiylarning o'yinga tanlagan taktikachi, futbolchilarning ruhiy kayfiyatini ko'tarishga qilgan sayi harakatlari o'z samarasini berdi. Rustam To'xtamurodovich ko'p takidlaydilar, har qanday tanaffus jamoaning bahslarga qo'shilib ketishiga salbiy tasir ko'rsatadi deb. Bu ayniqsa bizning oldingi o'yinimizda yaqqol sezilgandi. “Dinamo”ga qarshi uchrashuvda ham o'yin boshida hayajon, masuliyat futbolchilarimizga salbiy tasir ko'rsatdi va tashabbusni mehmonlarga berib qo'ydik. Ushbu daqiqalarda darvozabonimiz va markaziy himoyachilarimiz jamoa joniga oro kirdi. Doniyor Odilovning darvozaga kirib ketayotgan to'pni qaytarganini yodga oling.

Birinchi taymda harorat yuqori bo'lgach, asosiy maqsadimiz mehmonlarni charchatish edi. Buni o'yinchilarimiz uddalashdi. Ikkinchi taymda esa ikki tezkor o'yinchini maydonga tushirishimiz, o'yin taqdirini hal etdi. Yana shuni takidlash kerakki, bugun futbolchilar doimo oldinga intilishdi. Eng yaxshi himoya – hujum, qabilida to'p surdik. Natijada muxlislarga yoqadigan o'yin bilan, raqibimizni yirik hisobda dog'da qoldirdik. Oldinda qiyin o'yinlar bizni kutib turibdi. Biroq yigitlar hozirgi ruhni saqlab qolishsa, har qanday jamoaga munosib qarshilik ko'rsatishimizga ishonaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика