So’nggi yangiliklar

11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  0 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   0 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  12 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3

SHavkat Mirziyoev Achilbay Ramatovga futbolni rivojlantirish haqida topshiriq bergani malum qilindi Yangiliklar

SHavkat Mirziyoev Achilbay Ramatovga futbolni rivojlantirish haqida topshiriq bergani malum qilindi

O'zbekiston futbol Associaciyasining yangi rahbari Achilbay Ramatov tashkilotning hisobot-saylov konferenciyasida bir necha masalalar haqida gapirdi.

Jumladan, mamlakatimizda futbolni rivojlantirish borasida shaxsan davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoevdan topshiriq olganliklari haqida ham gapirib o'tildi.

"Futbol ichidagi "o'yinlar"ning hammasini bilaman. Men futbol ichidan chiqqanman. O'tkazilayotgan o'yinlarda ko'rsa bo'ladi. Bazida offsayd holatlarida gollarni hisobga olish, bahsli holatlar, penalti belgilash yoki uni bekor qilish kabi salbiy holatlarni bartaraf etish maqsadida hakamlar faoliyatini tubdan isloh qilish talab qilinmoqda. Bu g'irt o'yin. Penalti yo'q joyda penalti belgilaydi, xohlasa bekor qiladi. Bu ham stadionga muxlislar kelmasligiga asosiy sabablardan biri.

1-2 yil oldin bilasizlar-a, kimlardir aralashgan "Paxtakor" - Metallurg" o'yini. Bu g'irt ahmoqgarchilik ishlardan bittasi. Pul olib turib, kelishilgan o'yinlar o'tkazishgan. Bu g'irrom o'yin. O'zbeklarda g'irrom degan so'z bor. G'irrom bo'lgan joyda ishqiboz kelmaydi. Bundan buyog'iga bu kabi g'irrom o'yinlarga butkul chek qo'yish kerak.

Uchrashuvlarga xolisona yondoshuv kerak. Toshkent jamoalari bo'ladimi yoki viloyat jamoalarimi farqi yo'q, hammasiga bir xil ko'z bilan qarash kerak. Ularning hammasi bizlar uchun bir bo'ladi.


Hozir muhtaram yurtboshimiz juda qattiq topshiriq berdilar. Yoki futbolni rivojlantiraman yoki yo'q qilaman, dedilar.


Bir yili men o'zim ko'rgan "Paxtakor" - "Navbahor" o'yinlarida g'irromliklar bo'lgan. Keyin futbol federaciyasining boshlig'i borib kechirim so'ragan. SHu ham ish bo'ladimi? Yoki futbol o'ynash kerak yoki savdo-sotuv bilan shug'ullanish lozim. Bu er bozor emas. Qachon odam bo'lamiz?



Hozir muhtaram yurtboshimiz juda qattiq topshiriq berdilar. Yoki futbolni rivojlantiraman yoki yo'q qilaman, dedilar.

Hozirgi kunda futbol bo'yicha portalga kelayotgan talablar ko'payib ketgan. Xalq talab qilyapti, nima uchun bizlarda futbol rivojlanmadi? Nimaga bizlarning futbolimizda hamma narsa "o'yin"? Nimaga hakamlar bu kabi "o'yin" qiladi? Futbolga qaraydigan ega bormi, deb yozmoqda odamlar. Bu kabi muammolarni odamlar yozmoqda. Bu kabi etirozlar, talablar ko'payib ketgan. Ular ham O'zbekiston terma jamoasini Jahon chempionatida ko'rishni istamoqda. Mana Rossiyaga borolmadik. Bu kabi illatlarga chek qo'yishga to'g'ri keladi", - dedi Ramatov.

Reyting: +130   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика