So’nggi yangiliklar

07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  0 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  0 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  3 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  6 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  6 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  7 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   5

"SHanxay SIPG" oxirgi to'rtta o'yinda g'alaba qozona olmadi Yangiliklar

"SHanxay SIPG" oxirgi to'rtta o'yinda g'alaba qozona olmadi

Hamyurtimiz Odil Ahmedov faoliyat olib borayotgan "SHanxay SIPG" Xitoy chempionatining oxirgi to'rt uchrashuvida g'alaba qozona olmadi.

Portugaliyalik murabbiy Andrey Villash-Boash boshqaruvidagi jamoa oxirgi marta 15 iyul kuni safarda "Yanbian" klubini 3:1 hisobida mag'lub etib qaytgandi. SHundan beri "SHanxay SIPG" to'rtta o'yinda maydonga tushib, uch bor durang o'ynagan bo'lsa, bir marta mag'lub bo'ldi.

Jamoa avvaliga o'z maydonida turnir jadvali peshqadami "Guangju Evergrand" bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi. Agar o'yinning 85-daqiqasida Vu Ley gol urmaganida "SHanxay SIPG" 22 iyul kuni o'z maydonida yutqazib qo'yishi ham mumkin edi, chunki mehmonlar 2:1 hisobida oldinda borishayotgandi. 

Keyingi turni safarda "SHandong Luneng"ga qarshi o'tkazgan shanxayliklar 1:2 hisobida mag'lub bo'lishdi. Avvaliga "SHanxay SIPG" hisobni ochdi. 23-daqiqada Odil Ahmedovning to'p uzatishi natijasida to'purar futbolchi Vu Ley gol urdi. Lekin keyinchalik 69 va 87-daqiqalarda maydon egalari ikki bor gol urib g'alabaga erishishdi. 

Bu o'yindan keyin "SHanxay SIPG" orada Kubokning javob bahsini o'tkazdi. O'z maydonida "Tianjin Kuanjian"ni qabul qilgan jamoa birinchi o'yindagi 0:3 mag'lubiyat alamini olib, javob bellashuvida 4:0 hisobida zafar quchdi. Oradan uch kun o'tib mazkur klublar bu safar chempionat o'yinida to'qnash kelishdi va bunda 0:0 hisobi qayd etildi. Va nihoyat, kechagi uchrashuvda "Xebey" mehmoni bo'lgan Villash-Boash shogirdlari yana durang qayd etishdi - 2:2. Bunda ham "SHanxay SIPG" yutqazayotgandi, ammo 90-daqiqada kiritilgan gol Ahmedov jamoadoshlarini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. 

Turnir jadvaliga nazar tashlaydigan bo'lsak, "Guangju Evergrand" 21 o'yindan 47 ochko bilan birinchi o'rinda bormoqda. Ikkinchi o'rindagi "SHanxay SIPG" ham 21 uchrashuvda maydonga tushgan va 42 ochko jamg'argan. Uchinchi o'rinni esa "Tianjin Kuanjian" 37 ochko bilan egallab turibdi. 

Futbolchimiz Odil Ahmedov klubi natijalari bizni ham befarq qoldirmaydi. SHu bois umid qilamizki, "SHanxay SIPG" tez orada "duranglar epidemiyasi"dan chiqib ketadi va keyingi o'yinlardan g'alaba qozona boshlaydi. Quyida Odil Ahmedov jamoasining sentyabrgacha bo'lgan o'yinlar taqvimini keltirib o'tamiz. 

13 avgust. Xitoy chempionati 

"SHanxay SIPG" - "CHongking Lifang"

16 avgust. Xitoy Kubogi

"SHanxay SIPG" - "Guangju Evergrand"

19 avgust. Xitoy chempionati 

"Giju Xengfeng" - "SHanxay SIPG"

22 avgust. Osiyo chempionlar ligasi 

"SHanxay SIPG" - "Guangju Evergrand"

X.Xoliqov


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика