So’nggi yangiliklar

02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  7 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  3 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0

SHahboz Beg'amov final oldidan o'z fikrlarini bildirdi Yangiliklar

SHahboz Beg'amov final oldidan o'z fikrlarini bildirdi

Jurnalist va insayder SHahboz Beg'amov o'z telegram kanalida bugun bo'lib o'tadigan final oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

Finalda favorit nomini aytish mushkul. Har ikkala jamoaning ustunliklari bor. Masalan, "Nasaf" o'yin tashkillashtirishda eng barqaror va aniq yo'lga qo'yilgan o'yin tizimiga ega jamoa. Bunga qarshilik qiladigan "Navbahor"ning asosiy quroli — raqib o'yinini "buzib" qo'yish funkciyasi. Raqibga o'yinda maksimal noqulaylik yaratish tizimi va bu orqali jamoani zararsizlantirish funkciyasi Babayanda zo'r ishlaydi.

Bejizga Babayan Berdievni hammadan ko'proq yutmaydi.

Bu yil ham "Nasaf"ni mag'lub etgan Osiyodagi 3 jamoadan biri. Va "Nasaf" mag'lub etmagan "Olimpik"dan keyingi ikkinchi jamoa aynan "Navbahor".

Faktorlar ko'p va nisbatan bu taraflama ustunlik "Navbahor" foydasiga ishlaydi, chamamda.

O'yin tabiiyki ehtiyotkorlik rejimida boshlanishi katta ehtimol. "Nasaf" bu bahsda "Navbahor" singari asosiy kuchini tezkor qarshi hujumlarda ishlatishga urinadi va Berdiev 3 markaziy himoyachi bilan o'ynashi haqiqatga yaqin. Tezkor gol o'yinni "ochilib" ketishiga ham olib kelishi mumkin. Finaldagi tezkor gol ko'proq "Nasaf"ga kerak, menimcha.

Finalga qadar bosib o'tilgan yo'lga nazar tashlansa, unda "Nasaf" OCHLdagi ishtirok va kubok g'olibi sifatida musobaqani chorak finaldan boshladi va faqatgina yarim finalda jiddiy raqib bilan o'ynadi.

"Navbahor"ning yo'li uzoq va mashaqqatli kechdi. Jamoa eng kuchli guruhda peshqadam bo'ldi va finalga qadar "Paxtakor" va "So'g'diyona"ni musobaqadan chiqardi.

Faktorlar, uslublar qarama-qarshiligi va murabbiylarning o'zaro o'yinlaridagi statistikasini inobatga olib imkoniyatni chamalaganda, "Navbahor" ustunroq.

O'yin qanchalik "yopiq" bo'lsa, unda bu "Navbahor"ga ko'proq foyda. Hujumkor futbolda esa "Nasaf" "Navbahor"dan ancha kuchli. Lekin hech qaysi murabbiy dastlabki rejasida tavakkalga qo'l urmaydi. Gol o'tkazib yuborilganidan keyingi o'yin rejasi yoki scenariy o'zgarishi bu boshqa masala.

Bu o'yinda har qanday natija ro'y bersa ham sensaciyaga tenglashtirilmaydi. Ikki kuchli jamoa o'rtasidagi raqobatda aniqroq, omadliroq bo'lgan jamoa yutadi.

Penaltilar ceriyasi esa finalni yanada bezab bergan bo'lardi. Finaldagi eng shirin va yoqimli jarayon penaltilar seriyasi. Undagi hayajon, alam va quvonchni boshqa o'yinlarda topishning imkoni yo'q.

Kichik ustunlik, omadli kepka yoki boshqa qator jihatlar o'z yo'liga. Hakam xatosiz kuchli va bugun loyiq ekanini har taraflama isbotlaydigan jamoa yutsin. Ikkala jamoaga ham chiroyli o'yin va omad tilayman.

Bugungi final Berdievdan ko'ra Babayan uchun muhimroq.

Superligadagi chempionlik esa hammadan ko'ra Berdiev uchun muhimroq.

Aynan shu jihat ham hal qiluvchi pallaga chiqishi mumkin. O'yin qo'shimcha taymlarga o'tishidan hech bir jamoa manfaatdor bo'lmasa kerak. CHunki Superligada 3 tur qolganda va bu ikki jamoa finalda o'ynayotganidan kelib chiqilsa, mavsumning har taraflama final pallasida har ikkala frontda maksimum kurashayotgan "Navbahor" va "Nasaf"ni jismoniy imkoniyatlarini pasaytirib qo'yadi. SHu tarafdan ham bugungi finalda hammasini asosiy vaqtda hal qilinishiga katta urg'u qaratilishi tabiiy. Ayniqsa "Nasaf" masalani 90 daqiqa ichida hal qilishdan ko'proq manfaatdor. CHunki "Nasaf"ni bugungi finaldan tashqari 12 kun ichida chinakam yana 3 final kutmoqda…

"Nasaf" va "Navbahor"ga emociya taraflama ham qiyinki, bugungi finaldan keyin ular yana qisqa vaqt ichida ushbu emociyalarni saqlab qo'yishlariga to'g'ri keladi. Zaxira kimda uzunligi va sifati ham muhim pallaga chiqadigan vaqt.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика