So’nggi yangiliklar

10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   0 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  8 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  2

"SHabab Al Ahli" OCHL qaydnomasiga G'anievni kiritdimi? Yangiliklar

"SHabab Al Ahli" OCHL qaydnomasiga G'anievni kiritdimi?

CHempionlar ligasining 1-turidagi "Paxtakor"ning raqibi bilan yaqindan tanishtirib o'tamiz.

"Al Ahli" klubi Dubayda 1958 yil tashkil qilingan. 1970-yillarda uch marta mamlakat chempioniga aylangan "Ahli" navbatdagi katta g'alabalarini uzoq yillar kutgan va 2006 yilda buni uddalagan. Oxirgi yillarda ushbu klub BAAning eng kuchli jamoalaridan biriga aylandi. Umumiy hisobda "Ahli" hisobida BAAdagi musobaqalarda qo'lga kiritilgan 24 sovrin mavjud. So'nggi bor 2016 yil jamoa chempionlikni qo'lga kiritgan. O'tgan mavsum chempionatda 2-o'rinni egallagan "SHabab Al Ahli" ushbu mavsumda ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda va oltin medallarni qo'lga kiritish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega bo'lib turibdi.

2017 yil Dubay sharafini uch klub - "Ahli", "SHabab" va "Dubay" klublarining birlashuvi sababli "SHabab Al Ahli" jamoasi tashkil topgan. Jamoani 2018 yildan buyon argentinalik Rodolfo Arruabarrena boshqarib kelmoqda. Murabbiy sifatida u "Boka Xuniors" bilan 2015 yil Argentina chempionligini qo'lga kiritgan. SHuningdek, "Rayyan" bilan Qatarda va "SHabab Al Ahli" bilan BAAda kubok bahslarida zafar quchgan.

To'liq nomi: "SHabab Al Ahli Dubay"
Laqabi: "Qizil ricarlar"
Tashkil etilgan yili: 1962
Stadioni: "Rashid", 10000 o'rindiqli
Bosh murabbiyi: Rodolfo Arruabarrena (Argentina).
Sovrinlari: 7 karra BAA chempioni (1974–75, 1975–76, 1979–80, 2005–06, 2008–09, 2013–14, 2015–16), 9 marta BAA Prezidenti Kubogi sohibi (1974–75, 1976–77, 1977–78, 1995–96, 2001–02, 2003–04, 2007–08, 2012–13, 2018–19), 4 bor BAA Liga Kubogi (2011–12, 2013–14, 2016–17, 2018–19), 4 marta BAA Superkubogi sohibi (2009, 2013, 2014, 2016).

"SHabab Al Ahli"ning OCHL uchun ro'yxati

Darvozabonlar

1. Jamol Ismoil
17. Hassan Hamza
55. Majid Nosir

Himoyachilar
2. Salmin Hamis
4. Muhammad Marzuq
5. Volid Abbos
9. Abdulaziz Haykal
13. Muhammad Sebil
18. Muhammad Ismoil
20. Yusuf Jaber
21. Muhammad Jaber
33. Xalifa Muborak
37. Ahmad Abdulloh

Yarim himoyachilar
6. Aziz G'aniev (O'zbekiston)
7. Ismoil Al Hammadi
8. Volid Hussayn
15. Abdulla Naqbi
26. Hassan Ibrohim
30. Muhammad Juma
42. Leonardo (Braziliya)
78. Eyd Xamis
88. Majid Hassan
99. Federiko Kartabia (Argentina)

Hujumchilar
10. Pedro Konde (Ispaniya)
11. Ahmad Halil
34. Harib Abdulloh

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика