So’nggi yangiliklar

10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  0 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  0 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  5 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  6 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  7 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  5

Serxio Ramos hammani qiziqtirgan savollarga javob berdi Yangiliklar

Serxio Ramos hammani qiziqtirgan savollarga javob berdi

"Real" himoyachisi Serxio Ramos jamoaning so'nggi muvaffaqiyatsizliklari, OAVda "Qirollik klubi" haqida paydo bo'lgan mish-mishlar borasida javob berdi.

Jamoa sardori ijtimoiy tarmoqda hammani qiziqtirgan savollarga javob berib, mish-mishlarga nuqta qo'ydi.

"So'nggi voqealar haqiqiy fojia, ammo berkinmayman. Biz berkinmaymiz. Hammasi uchun javobgarmiz, sardor sifatida ko'proq masuliyat menga tushishi lozim.

SHu sababli barcha savollarga to'g'ridan-to'g'ri javob berishga qaror qildim.

- Amsterdamdagi sariq kartochka xatomidi? Ha, xuddi shunday. Men 200% aybdorman.

- Nega "Real" hamda "Ayaks" o'rtasidagi uchrashuv vaqtida hujjatli filmda suratga tushdim? Mening malum bir majburiyatlarim bor va bunaqa bo'lishini (mag'lubiyat) kutmagandim. Suratga olish vaqti atayin o'yin paytiga belgilangan edi.

- Peres bilan kiyinish xonasida bahslashdimmi? Kiyinish xonasida sodir bo'ladigan voqealar o'sha erda qoladi. Bizda hech qanday muammo yo'q.

- Jamoadoshlarimni tanqid qildimmi? Futbolchilar doimo kiyinish xonasida suhbatlashishadi va bir-birimizni ruxlantiramiz. Bu suhbatlar bizga foyda beradi.

- Marselo bilan janjallashdimmi? Har bir mashg'ulotda shunday bo'ladi, bu mehnatimizning bir qismi. Ammo ushbu voqea qolganlari kabi kulgiliroq.

- Nega "Valyadolid"ga qarshi bahsga yo'l oldim? Jamoaga yaqinroq bo'lib, ularni qo'llab-quvvatlashni istadim.

- Murabbiyga nima bo'lyapti? Qarorni faqat u qabul qiladi va biz aralashmaymiz. Murabbiyni qattiq hurmat qilamiz va doimo uni qo'llab-quvvatlaymiz.


Agar muvaffaqiyatlar bizni to'xtatmasa, omadsizliklarga bizni engishga imkon bermaymiz. Vazifamiz: Ishlash va o'sishda davom etish.

Yodingizda tuting, bazi insonlarga "Real"dek jamoada o'ynashga muvaffaq bo'lgan. Bazilarimiz klub tarixining bir qismiga aylandik, ammo "Real" bor, keyin ham bo'ladi.

Birgalikda kelajak uchun ishlaymiz va yo'qotilgan ishonchni tiklaymiz.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика