So’nggi yangiliklar

10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  0 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  7 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  2 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  3

Server Jeparov: “Yangi murabbiy, yangicha fikrlash va munosabat” Yangiliklar

Server Jeparov: “Yangi murabbiy, yangicha fikrlash va munosabat”

O'zbekiston milliy terma jamoasining uchinchi kungi mashg'ulotlariga jamoamiz sardori Server Jeparov kelib qo'shildi.

Koreya K-ligasida to'p tepayotgan futbolchimizning yangi imidji bizni o'ziga jalb qildi. Kim biladi, balki Jepapov yangi murabbiy qo'l ostidagi ilk mashg'ulotni yangicha soch turmagi bilan boshlashga qaror qilgandir? Mashg'ulot yakunlangach, biz Serverni kichik suhbatga chorladik.

- Server, yangi murabbiy qo'l ostidagi ilk mashg'ulot haqida qanday fikrdasiz?
- Tabiiyki, yangi murabbiy kelganidan keyin o'z qarashlarini ilgari suradi, nimanidir o'zgartiradi. Mashg'ulotlarda yangicha uslub, o'zgacha yondashuv ko'zga tashlanyapti. Yigitlar yagona maqsad yo'lida birlashib, yangi murabbiylar shtabi va albatta xalqimizning ishonchini oqlash uchun astoydil harakat qilishyapti. Bir so'z bilan aytganda, bugungi mashg'ulot menga juda ham yoqdi.

- Yangi murabbiylar shtabi haqida nima deya olasiz?
- Bu borada faqat bir narsa deyishim mumkin, ular biz uchun begona emas. Hozirgi terma jamoa tarkibidagi 80-90 foiz futbolchi Samvel Babayan va uning yordamchilari qo'l ostida avval ham o'ynagan. Bu murabbiylarning talabi va istagini juda yaxshi biladi. SHunday ekan, natija ham yaxshi bo'lishi kerak. Barchamizning oliy maqsadimiz bu – JCH-2018 final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritish. SHunga astoydil harakat qilamiz.

- Soch turmagini o'zgartiribsiz. Buni yangi murabbiy qo'l ostida yangi marralarni zabt etish maqsadida tashlangan qadam sifatida qabul qilish mumkinmi?
- SHunday desa ham bo'ladi (kuladi). Lekin bu birlamchi qaror emas. Koreyada buni oddiy holat sifatida qabul qilishadi.

 Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика