Server Jeparov O'zbekiston - Eron o'yini oldidan: "Ertaga barchasi tartibli bo'lishi kerak"
19 iyu 2023 17:45
Yangiliklar
Server Jeparov O'zbekiston - Eron o'yini oldidan: "Ertaga barchasi tartibli bo'lishi kerak"
Mazkur uchrashuv oldidan terma jamoamizning sobiq sardori Server Jeparovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Tabiiyki, O'zbekistondan g'alaba kutyapman. Men doim hujumkor va chiroyli futbol tarafdoriman. Yigitlarga faqat g'alaba tilayman. Eronni nimaning hisobiga yutish mumkin? Himoya va hujumdagi tartibli futbol evaziga. Ertaga individual mahoratdan tashqari ruhiy va jismoniy holat ham etarlicha bo'lishi kerak. Barcha yaratilgan vaziyatlardan foydalanish zarur.
2012 yil tarixiy g'alabani, albatta, yaxshi eslayman. O'sha uchrashuv bizga Jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyatni taqdim qilgandi. Bakaevning goliga kelsak, pleymeyker sifatida aytishim mumkinki, yaxshi paslarim golga aylansa xursand bo'laman. Biz kuchli raqib maydonida g'alaba qozongan edik. Nima bo'lganda ham omad tilayman. G'alaba qozonib xalqimizni xursand qilish nasib qilsin", - deydi Server Jeparov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
Нани: "Роналдунинг 1000 та гол уриши осон. У бунинг учун керак бўлса энг кучсиз лигага кетади. Унга ҳужжатлаштирилган 1000 та гол керак - Пеле ва Ромарио каби урилган эмас”
ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Ўйин бўйича ҳеч қандай уяладиган жойимиз йўқ"
Fikrlar