So’nggi yangiliklar

16:06"Хоразм" — "Қўқон-1912". Асосий таркиблар маълум  1 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  20 15:18"Ливерпуль" — "Эвертон". Мерсисайд дербиси учун таркиблар маълум  7 14:51Футзал. Ўзбекистоннинг Фаластинга қарши ўйин учун таркиби маълум  2 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  33 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  12 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  3 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  13 10:20Неймар яна жароҳат олди  6 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  2 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  12

Sergey Lushchan: "Keyingi tur ko'p narsaga oydinlik kiritib beradi" Yangiliklar

Sergey Lushchan: "Keyingi tur ko'p narsaga oydinlik kiritib beradi"

Pro liga 13-turidan o'rin olgan "Turon" - "Dinamo"(1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lushchan fikrlarini bildirib o'tdi.



"Durang o'ynadik. 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchrayotib yakunda 1:1 qildik. Har doim ham biz istagan narsa ro'y bermaydi. Ha, bugun yutib ketishimiz ham mumkin edi. O'yinni olib qaraydigan bo'lsak 1:1 biz uchun qoniqarli natija deb ayta olaman. To'xtab qolmaymiz, oldinga intilishda davom etamiz. Uch kundan so'ng navbatdagi o'yinni o'tkazamiz. SHu o'yinga tayyorgarlikni davom ettiramiz",- deydi Sergey Lushchan.

- Avaz Agalievning jarohati qay darajada jiddiy?
- Jarohat olgani sababli uni birinchi bo'limdan so'ng almashtirdik. Hozircha jarohati qay darajada jiddiyligini bilmayman. Tekshiruvlar natijasidan so'ng xulosa chiqarishimiz mumkin. Ayrim futbolchilar barcha uchrashuvlarda o'zgarishlarsiz harakat qilmoqda. Kim yaxshiroq tayyor bo'lsa o'sha maydonga chiqadi. Tarkibimizda mahalliy yoshlar bor. Ko'ramiz, kimga imkoniyat beramiz.

- Superligaga yo'llanma olish uchun qaysi jamoada imkoniyat ko'proq deb o'ylaysiz?
- Kuchli to'rtlikka kirgan barcha jamoalarda birinchi o'rinni olish va Superligaga chiqish imkoniyati bor. Keyingi o'yin ko'p narsaga oydinlik kiritib beradi. Kurash jiddiy kechishi shubhasiz. Dastlabki to'rtlikdagi barcha jamoa Superligaga chiqishni istaydi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика