So’nggi yangiliklar

14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  19 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  7 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  2 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  11 10:20Неймар яна жароҳат олди  6 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  11 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  13 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  2

Sergey Lushchan: "Birinchi o'rin? Imkoniyatimiz bor albatta, lekin..." Yangiliklar

Sergey Lushchan: "Birinchi o'rin? Imkoniyatimiz bor albatta, lekin..."

Bugun Farg'onada PRO-Liganing qoldirilgan 9-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.

 



Mazkur tur doirasida Farg'onaning "Istiqlol" klubi Samarqandning "Dinamo" jamoasini qabul qildi. Uchrashuvdan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lushchan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Sergey Ivanovich, bugungi o'yin haqida fikrlaringiz qanday?

- Yaxshi o'yin bo'ldi. Har ikki jamoa ham oxirgi daqiqalargacha maydonda kurash olib bordi. O'yin taqdirini so'ngi daqiqalarda urilgan gol hal qildi. Yigitlar og'ir o'yin o'tkazishdi. Bugungi o'yinni Superliga sari bosilgan yana bir qadam deb hisoblasak bo'ladi. Jamoamiz futbolchilari oxirigacha kurash olib borishdi va yakunda g'alabaga erishdik. Muxlislarga manzur bo'ladigan tomoshabop o'yin bo'ldi.

- "Dinamo"ning PRO-Ligada birinchi o'rinni egallashi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Birinchi o'rin? Imkoniyatimiz bor albatta. Lekin buning uchun raqobatchilarimiz ko'rsatadigan natijaga ham etibor qaratishga majburmiz. Bizdan oldinda borayotgan jamoalar ochko yo'qotadigan bo'lsa, biz qolgan barcha o'yinlarni yutsak PRO-Ligada birinchi o'rinni qo'lga kiritishimiz mumkin. Bu juda qiyin bo'ladi. Albatta, bunga bor imkoniyatimizni ishga solib harakat qilamiz.

- Navbatdagi o'yin haqida nimalarni ayta olasiz?

- Keyingi o'yin haqida nima deyishim mumkin? Albatta, og'ir o'yin bo'ladi. "Turon" yaxshi shakllanib kelayotgan jamoa. Ular bejizga 3-o'rinni egallab turgani yo'q. Navbatdagi ikki uchrashuvimiz peshqadamlarga qarshi o'tadi. Aytib o'tganimdek, bizni qiyin uchrashuvlar kutib turibdi.

- "Dinamo"ning keyingi rejalari haqida nimalarni ayta olasiz?

- Biz yangi jamoa tuzmoqdamiz. Tabiiy xolda bunga ozroq vaqt kerak bo'ladi. Masalan, PRO-Liga peshqadami “SHo'rtan" jamoasi futbolchilari 2-3 yildan beri o'ynashmoqda. "Dinamo"ni raqobatbardosh va kurashuvchan jamoa etib shakllantirish uchun harakat qilmoqdamiz. Bugun kamida 3 ta yaqqol imkoniyatdan foydalana olmadik. Muhimi yakunda 3 ochko egasiga aylandik.

- Ayni damda Italiyaning "Jenoa" klubi tarkibida o'ynayotgan Eldor SHomurodov sizning shogirdingizmi?

- Yo'q, SHomurodov Muborakning "Mashal” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biz Eldorni imkoniyatlarini ko'rib chiqib jamoamizga taklif etganmiz. SHomurodovga yangi jamoasida omad tilayman.


Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика