So’nggi yangiliklar

12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  3 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  2 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  2 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  20 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3

Sergey Lushan: "G'alaba qozonganimizdan xursandman" Yangiliklar

Sergey Lushan: "G'alaba qozonganimizdan xursandman"

Oliy liganing 27-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Metallurg" (1:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "qaldirg'ochlar" ustozi Sergey Lushan qatnashdi.


- Bu bahs biz uchun juda qiyin kechdi. Tig'iz taqvimdagi o'yinlarda bir tarkib bilan o'ynash bizga katta qiyinchiliklar tug'dirmoqda. 1:0 hisobida g'alaba qozondik va bu hozir eng muhimi. Natijadan xursandman.

Jamoa juda charchab qolgan. Ko'plab futbolchilarimiz jarohat tufayli safdan chiqishgan. Zaxiradan ham o'yinga futbolchi qo'shish imkoniyati deyarli yo'q.

Gadoev nega maydonga tushmayapti? Gadoev yaxshi futbolchi. Uning uchrashuvda ishtirok etmayotganiga sabab yo'q. SHunchaki bugun taktikadan kelib chiqib o'zgarishlarin amalga oshirdim. SHohruh Gadoev hujumda juda zo'r, faol o'ynaydi. Ammo to'p uchun kurashlarda, himoyaga qaytib o'ynashda sust harakat qiladi. SHu bois uning xizmatidan bugun foydalanmadim.

Yoshlarimiz kuni kecha chempionlikni qo'lga kiritishdi. Endi keyingi o'yinlarga yoshlar jamoamizdan ham futbolchilarni tanlab olamiz. Boshqa ilojimiz yo'q.

Bugun kuch tejab o'ynaganimiz yo'q. CHunki tejaydigan kuch-quvvat qolmagan futbolchilarda.

Ertaga "Lokomotiv" - "Nasaf" o'yini? Menga qolsa bu to'qnashuvda jamoalar jangovor durang qayd etishgani maqul.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика