So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   4 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  12 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Sergey Lebedev: "O'tgan o'yindagi kabi harakat qila olmadik" Yangiliklar

Sergey Lebedev: "O'tgan o'yindagi kabi harakat qila olmadik"

Pro liganing 8-turidan o'rin olgan "FarDU" – "Aral" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lebedev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Birinchi navbatda, O'zbekiston ahlini milliy terma jamoamiz jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgani bilan tabriklayman. Barcha muxlislar, futbol ishqibozlari, shu kunni orziqib kutgan yurtdoshlarimizni ushbu yutuq bilan muborakbod etaman.

O'yin haqida aytadigan bo'lsam, yigitlar bugun o'zlaridan kutilgan harakatlarni ko'rsatib bera olishmadi. "Lokomotiv" bilan bahsdan farqli o'yin ko'rsatdik. Mag'lubiyatga asosiy sabab sifatida shuni ko'rsatgan bo'lardim.

- Jamoa nega birinchi bo'limda nominal hujumchilarsiz harakat qildi?

- Biz o'yinni shunaqa reja boshladik. "Aral"da qarshi hujum rejasi ham bor edi, biz shundan xato qilmaslikka urindi. Sherzod Qodirov hujumda yaxshi harakat qildi, biroq unda vaziyatlar kam bo'ldi. Futbolda bazan turli o'zgarishlarga qo'l urib turish kerak.

- Jamoa "Lokomotiv"ga qarshi juda yaxshi o'yin ko'rsatgandi. Biroq bugungi o'yinda jamoangiz o'sha uchrashuvdagi kabi harakat qila olmadi. Bunga nima sabab bo'ldi deb hisoblaysiz?

- Bu haqda aytdim, hammasi ruhiyat bilan bog'liq. Bunda futbolchining mahorati va darajasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi liga, Birinchi liga, bular boshqa daraja. Quyi ligadan chiqib kelib birdaniga kuchli o'yin namoyish etish qiyin. Pro ligada kuchli jamoalar jam bo'lgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика