So’nggi yangiliklar

09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  0 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  0 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  1 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  1 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  14 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  2 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  24 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  173 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7

Sergey Arslonov: "Ikkinchi davrani g'alaba bilan boshlash juda muhim edi" Yangiliklar

Sergey Arslonov: "Ikkinchi davrani g'alaba bilan boshlash juda muhim edi"

Superliganing 14 turidan o'rin olgan OKMK - "Surxon" uchrashuvidan so'ng, "Surxon" jamoasi bosh murabbiyi Sergey Arslonov matbuot anjumanida ishtirok etdi va uchrashuv haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?

- Barchaga xayrli kech. Avvalambor yigitlarga rahmat aytmoqchiman, bugun juda asabiy va qiyin o'yin o'tkazdik. Bugun g'alabaga loyiq edik deb o'ylayman, sababi yigitlar o'yinga tayyorlangan reja bo'yicha harakat qilishdi. Raqib uzun paslar orqali bizni juda qiynab qo'ydi. Bugun juda muhim va juda kerakli g'alabaga erishdik. Ikkinchi davrani g'alaba bilan boshlash juda muhim edi va biz ushbu vazifani uddaladik.

- Birinchi golga qadar ustunlik OKMK jamoasida edi, jamoangiz gol o'tkazib yuborganidan so'ng jamoada bir nima o'zgargandek?

- Ha, birinchi taymning boshida ustunlik raqib tomonida edi, lekin OKMKning birinchi goli o'yinda burilish yasadi. O'tkazib yuborilgan gol bizni hujum qilishga majburladi, biz to'pni nazorat qilishga o'tdik. Ikkinchi taymning boshida ham biz hujumga o'tdik va ancha qiziqarli o'yin namoyish etdik, faqatgina o'yin so'ngida o'tkazib yuborilgan gol bizni asablarimizni jilovladi, lekin eng muhimi bugun g'alaba qozondik.

- O'yin vaqtida, ko'pgina ijtimoiy tarmoqlarda Asadbek Karimovni bir necha mavsum oldin OKMK o'rinbosarlar jamoasida to'p tepganini yozishdi. Bugungi uchrashuvdan so'ng, Asadbek Karimov asosiy tarkibidan joy olishi mumkinmi?

- Asabdek Karimov birinchi navbatda juda "kreativ" va noodatiy qarorlar qabul qiladigan futbolchi. Birinchi davraning so'ngi o'yinidan so'ng jurnalistlar, Asadbek Karimovning o'yinini tanqid qilib savol berishgan edi. Men o'shanda ularning fikriga qo'shilmagan edim. U qo'rqmasdan bir nechta himoyachilarga qarshi o'ynay oladi. U bugun o'z imkoniyatiga ega bo'ldi va ushbu imkoniyatdan unumli foydalandi.

- Keyingi uchrashuv "Andijon"ga qarshi bo'ladi va "Surxon" mehmonda o'ynaydi. Musobaqa jadvaliga qarasak "Andijon" va "Surxon" yonma yon ketishmoqda. Keyingi turda "Surxon" hujumkor futbol namoyish etadimi yoki ko'proq natijaga harakat qiladimi?

- "Surxon" har doim o'z falsafasiga sodiq qoladi. Biz har bir raqibga qarshi o'z o'yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz. "Andijon" muxlislarining bosimiga, Xitoyda tayyorgarlik ko'rdik. Xitoydagi uchrashuvda 17000 mingta muxlis o'yinni stadiondan kuzatib bordi.

- "Atletik Bilbao"da Inyaki Uilyams degan futbolchi bor agar bilsangiz, "Surxon" tarkibidagi Behruz SHoyqulov 62 uchrashuvdan buyon har bir o'yinda maydonga tushmoqda va Uilyamsning rekordiga yaqinlashib qoldi.

- Uchta so'z bilan tariflab berishga harakat qilaman: stabillik, professionalizm va ishonchli

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика