So’nggi yangiliklar

19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  2 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  1 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  1 17:32Мбаппе Франция терма жамоаси ихтиёрини тарк этди  0 17:15U-19 чемпионати. "Пахтакор" Тошкент дербисида зафар қучиб, финалга йўл олди  2 17:07Леон Якирович: "Ўзбекистон сифатли ўйин кўрсатади, лекин натижа ўзимизга боғлиқ"  3 16:40Андрия Буркар: "Ўз ўйинимизни намойиш этсак, Ўзбекистонни қийин аҳволга тушириб қўямиз"  8 16:22ФИФА пенальтидан кейинги зарбани тақиқламоқчи  5 15:55Норвегия 99,9% ЖЧда! Эстонияга қарши кечган қийин ўйин тақдири 6 дақиқа ҳал қилинди!  9 15:35Миср ва Ўзбекистоннинг ўйин услублари ўхшаш бўлганми? Эктор Купердан жавоб  6 15:18А Сериянинг октябрдаги энг яхши футболчиси оғир жароҳат олди ва Африка Миллатлар Кубогини ўтказиб юборади  0 14:491995 йилги Нигерия билан ўйинлар, Кападзенинг дебюти, Наманганда меҳмон Уганда — Африка вакиллари билан ўйинларни эслаймиз  7 14:29Қатар ва Саудия Арабистони клублари Модричга даъвогарлик қилмоқда  1 14:00Абрамовнинг "Динамо"си тарих остонасида: ким совринли ўринлардан четда қолади?  9

Sergey Arslanov: "Surxon"ning falsafasi yosh futbolchilarni rivojlantirishga asoslangan" Yangiliklar

Sergey Arslanov: "Surxon"ning falsafasi yosh futbolchilarni rivojlantirishga asoslangan"

"Surxon" - "Olimpik" uchrashuvidan so'ng (1:0) mezbonlar ustozi Sergey Arslanov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- Avvalo, barchani g'alaba bilan tabriklayman. Jamoa rahbariyati, futbolchilari va albatta, jonkuyar muxlislariga g'alaba muborak bo'lsin. Juda qiyin g'alaba. Sababi, "Olimpik" juda yaxshi shakllangan jamoa hisoblanadi. Raqibning murabbiylar shtabini esa alohida etirof etish kerak. Bu kabi raqiblarga qarshi doim qiyin bo'lgan. Birinchi bo'limda bizga qanchalik qiyin bo'lganini ko'rdingiz. Ikkinchi bo'limda esa o'yin butkul o'zgardi. Himoya chizig'imizni biroz yuqoriroq joylashtirganimizdan so'ng shunday bo'ldi. Agressivroq o'ynashni boshladik. Raqib darvozasi yonida vaziyatlar yaratdik. Muxlislarga yana bir bor rahmat aytaman. 

- SHamsiev va Sultonmurodovning hozirgi paytdagi holati qanday?

- Ular juda iqtidorli futbolchilar sanalishadi. Afsuski, ular hozirda jarohatda. SHamsievning jarohati jiddiy va biz tiklanish muddati katta bo'lishini tahmin qilmoqdamiz. Sultonmurodovning vaziyati esa biroz yaxshiroq. Bir necha oydan so'ng SHohjaxon safga qaytsa kerak. 

- "Surxon" bu mavsum ko'proq yoshlarga etibor qaratdi. Aynan shu siyosat keyingi yil ham saqlanib qoladimi? Bu narsa jamoaning moliyaviy ahvoli bilan bog'liqmi yoki rahbariyat tomonidan aynan shunday vazifa qo'yilganmi?

- Bu narsani jamoaning moliyaviy ahvoliga bog'lamagan bo'lardim. Surxon"ning falsafasi yosh futbolchilarni rivojlantirishga asoslangan. Biz yoshlar uchun tom manoda tramplin vazifasini o'tab beramiz. Iqtidorli o'yinchilar nafaqat O'zbekiston chempionatida, balki xorijda ham o'zlarini ko'rsatishlari uchun aynan biz yordam beramiz. 

- O'zPFL yaqinda sof o'yin vaqtlarini taqdim qildi. Bu ko'rsatkichga sizning munosabatingiz qanday? Sizlarda sof o'yin vaqti bo'yicha vaziyat qanday?

- Albatta, to'p maydonni tark etganda bu o'yin ritmiga yomon tasir qiladi. Oldingi savolda takidlaganimdek, yosh futbolchilar bilan ishlash – jamoamiz falsafasi. Biz hech qachon yosh futbolchilarga o'yin ritmini tushirish yoki sof o'yin vaqtini kamaytirishni o'rgatmaymiz. Aksincha, biz ularga to'pni ko'proq maydonda saqlab qolishni uqtiramiz. Biz aynan shu masalalar bo'yicha mashg'ulotlarda ishlaymiz. Umuman olganda, etiborimiz aynan shu kabi holatlarga qaratiladi. Falsafamizdan chekinmaymiz va har bir bolakayga maydonda imkoniyat berishda davom etamiz.

- Keyingi mavsumga rejalar qanday?

- Ha, rejalar bor, ammo hozir men bu haqda gapira olmayman. Bu klubning ichki masalasi hisoblanadi. Qachondir albatta rejalarimiz haqida gapirib o'tamiz.  

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика