So’nggi yangiliklar

15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  1 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  2 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  4 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  3 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  5 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  8

Sergey Lushan: "Kecha psixolog bilan suhbat bo'lib o'tdi" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Kecha psixolog bilan suhbat bo'lib o'tdi"

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Sergey Lushan "Mashal"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Biz g'alaba qozondik. Bu eng asosiysi. Yigitlar o'zlariga kelayotganidan xursandman. O'yindan o'yinga kuchayib, o'zimizga kelishimiz eng asosiysi. G'alaba qozona oldik.

Gollar kiritilgan vaziyatda uyushtirilgan hujumni yigitlar o'zlari tashkil etishdimi yoki siz mana shunday ko'rsatma berganmidingiz?

Bunday uslubni avvalgi "So'g'diyona"ga qarshi o'yinda ham sinab ko'rgandik. Bu borada ancha ishlar olib borildi. Umid qilamanki, ushbu g'alaba bizga katta yordam beradi.

Otabek SHukurovni "Mashal"ga qaytib ketishi haqida mish-mishlar yuribdi...

Yo'q, u ortga qaytmaydi. U istedodli futbolchi. Hali o'zini ko'rsata oladi. Unga vaqt kerak. SHuningdek, SHomurodovga ham. Fikrimcha, u yoshlar terma jamoamizning etakchilaridan biri. Ishonamanki, yoshlarimiz JCHda ham muvaffaqiyatli o'yin ko'rsata oladilar. Bu borada ularga omad tilayman.


Kecha psixologlar bilan suxbat bo'lib o'tdi. Buning uchun psixologga minnatdorchilik bildiraman. Kim kimligi hali malum bo'ladi. Buning uchun bizda vaqt bor.

Jo'raboevning o'yinini qanday baholaysiz? SHuningdek, Berdiev haqida ham ikki og'iz...

Berdiev, professional futbolchi. U tartibli futbolchi. Mana shunday futbolchilar orqali yoshlar katta tajriba to'plashadi deb o'ylayman. Unda bugun ikkita imkoniyat bo'ldi. SHunchaki, o'yin amaliyoti etishmayapti. Jarohati sababli ancha vaqtni maydondan tashqarida o'tkazib yubordi. U bilan o'tgan mavsumda suhbatlashganimda boshqa jamoaga ketmoqchi emasligini aytib o'tgan.

Jo'raboev? O'z o'ziga gol kiritishlar, omadsiz o'yinlar bo'lib turadi. U statistikaga ko'ra raqiblardan to'pni olish bo'yicha etakchimiz hisoblanadi. SHuningdek, yakka kurashlarda ham u eng kam yutqazgan.

"Obod"ga qarshi o'yinga qanday tayyorgarlik ko'rilmoqda?


Har bir o'yinga qattiq tayyorlanmoqdamiz. Barcha o'ziga kelmoqda. Men ham, yigitlar ham. Biz uchun har bir o'yin psixologik tomondan muhim.

Javlon Ibrohimovning jarohati jiddiymi?

Uning eski jarohati qaytalab qoldi.


Aziz To'xtamurodov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика