So’nggi yangiliklar

08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  0 08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  1 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  12 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  1 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  6 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  13 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  22 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  31 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  10

Sergeev asosiy tarkibga munosib emasmi? Yangiliklar

Sergeev asosiy tarkibga munosib emasmi?

"Navruz Cup-2022"ni g'alaba bilan boshladik.

Aniqroq aytsak, yomon o'yin biz uchun yaxshi natija bilan tugadi. Uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi, shubhasiz, bellashuv taqdirini hal qilgan Igor Sergeev bo'ldi. Zaxiradan maydonga tushgan hujumchi 11 daqiqa ichida dubl qayd etdi.


Yaqinda 29 yoshni qarshilaydigan Igor o'z ananasiga sodiq qolib, yana qirg'izlar darvozasini ishg'ol qildi. Uning hisobida Qirg'iz Respublikasiga qarshi 3 ta o'yinda urilgan 4 ta gol bor.

Statistikaga etibor qaratsak, Sergeev oxirgi 3 yilda 61 ta gol urgani ko'rinadi. Bu o'zbek hujumchilari orasidagi eng yaxshi natija. Ammo, terma jamoa ustozlari nazaridan doimiy ravishda chetda qolib kelmoqda.

Abramov boshqaruvidagi oxirgi 7 o'yinda Igorga o'zini ko'rsatish uchun atigi 1 daqiqa berilgandi. Katanec davrida ham shuncha o'yin ortda qoldi, lekin sloveniyalik mutaxassis Sergeevni 1 taymga ham tushirmayapti. Igor so'nggi bor 2020 yilning oktyabr oyida boshlang'ich tarkibdan o'rin olgan va BAA terma jamoasi darvozasiga 2 bor yo'l topgandi. 


Balki, Igor bugungi gollaridan keyin Katanecning ishonchini to'liq oqlashga ulgurgandir. SHunday bo'lsa, u ko'p ehtimol bilan Ugandaga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydi. Sizning bu boradagi fikringiz qanday? 

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика