So’nggi yangiliklar

02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  10 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  2 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  5 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  5 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  21 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  3 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  17 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1

Serdar Geldiev: "Jamoam bugun o'z imkoniyat darajasidan pastroq o'ynadi" Yangiliklar

Serdar Geldiev: "Jamoam bugun o'z imkoniyat darajasidan pastroq o'ynadi"

Osiyo chempionlar ligasi A guruhi 3-tur bahsidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Axal" (3:0) uchrashuvidan so'ng, Ashxabod klubi bosh murabbiyi Serdar Geldiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bizning rejamiz bugun ish bermadi. Keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz. Guruhda barcha raqiblar bilan o'ynadik va hammani tanib oldik. Endi ularni yanada chuqurroq o'rganib chiqamiz.

- O'yinga tayyorlagan rejamiz ish bermadi dedingiz? Rejangiz haqida qisqacha aytib bera olasizmi, sababi birinchi taymda jamoangiz himoyadan hujumga o'tishdi muammoga duch keldi. Himoyachilar to'pni o'zida ko'p ushlab turishdi.

- Biz safarimiz boshidayoq muammoga duch keldik, yo'l ko'p kuchimizni olib qo'ydi. Bugun himoyaga tayanib o'ynamoqchi edik. Ammo rejamiz ishlamadi va gollar o'tkazib yubordik. Yana bugun ko'p futbolchilarimizning o'yini qovushmadi. Ular imkoniyat darajasidan pastroq o'ynashdi.

- "Axal" jamoasi o'z o'yida "Al-Fayha"ni mag'lub etdi. Keyingi uchrashuvda "Paxtakor" Turkmanistonga boradi. "Axal" keyingi uchrashuvda "Paxtakor"ga muammo tug'dira oladimi?

- O'z o'yimizda dadilroq va xotirjamroq bo'lamiz. Muxlislarning qo'z oldida esa futbolchilar bugungidan yaxshiroq o'yin namoyish etishlariga ishonaman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика