So’nggi yangiliklar

16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  0 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  1 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  7 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0

Senegal bosh murabbiyi: "Biz yangi tarix yaratishimiz kerak" Yangiliklar

Senegal bosh murabbiyi: "Biz yangi tarix yaratishimiz kerak"

Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi 23 mart kuni JCH-2018 ishtirokchisi Senegalga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Senegal terma jamoasi bosh murabbiyi Aliu Sisse yaqinda FIFA rasmiy saytiga intervyu berib, jamoasining jahon chempionatiga tayyorgarligi haqida so'zlab berdi.

Malumot uchun, Aliu Sisse JCH-2002da ishtirok etib, o'zidan yaxshi taassurot qoldirgan. U 2015 yildan beri Senegalni boshqarib kelmoqda. Sisse futbolchilik davrida terma jamoa sharafini 35ta o'yinda himoya qilgan.

Janubiy Koreya va Yaponiyada bo'lib o'tgan mundialdan so'ng oradan 16 yil o'tib Senegal yana JCHga chiqdi. Aliu Sisse esa jamoani musobaqaga o'ta jiddiy tayyorlashni maqsad qilgan. Yaqinda ushbu murabbiy FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi.

- "Oxirgi marta jahon chempionatida o'ynaganimizga ham deyarli 16 yil bo'libdi. Albatta, bu juda katta muddat. JCH-2002dagi ishtirokdan so'ng ko'pchilik endi Senegal har doim jahon chempionatiga boradi deb o'ylagandi, lekin bunday bo'lmadi. 15 yil kutishimizga to'g'ri keldi. Oldingi jamoa o'zidan ajoyib tarix qoldirgandi. Hozir avlod esa yangi tarix yaratishi mumkin".

- "Biz yana chorak finalga chiqishimiz mumkinmi? Futbolda hamma narsaning iloji bor, shunday ekan nega harakat qilmaylik? Bizda yosh va g'alabaga chanqoq tarkib bor. Faqat futbolchilarimizda tajriba kam. Biz mundialga hech nimaga davo qilmasdan boramiz va o'z o'yinimizni ko'rsatamiz".

- "JCH-2002da biz jahon va Evropa chempioni Franciya bilan bir guruhda edik va bu jamoani 1:0 hisobida mag'lub etganmiz. Guruhda shuningdek, Urugvay bilan Daniya ham bor edi. SHunday qiyin raqiblar orasidan chiqishning o'zi bo'ladimi. Muhimi, biz hech qanday bosimni his qilmaganmiz".

- "Bu safar yana hammasini xotirjam boshlashni xohlaymiz. Raqiblarimiz ham ajoyib: Kolumbiya, Yaponiya va Polsha. Agar o'zimizni boshqara olsak va o'zimiz xohlagan futbolni namoyish qilsak, ishonamanki, bu jamoalarga boshog'riq bo'lamiz. Kolumbiya JCH-2014da chorak finalgacha bordi. Polshani dunyoning eng kuchli ettita jamoasidan biri deb hisoblayman. Yaponiya esa Osiyo etakchilaridan biri va bu jamoa bilan saviyamiz teng bo'lsa kerak".

- "Men endi murabbiyman, maydonga tushib to'p tepa olmayman. 2002 yil jamoa sardori edim. Hozir esa bosh murabbiyman. Menga o'yinchilarni boshqarish yoqyapti, chunki ularga o'z bilganlarimni o'rgatishni xohlayman. Senegal formasini kiyish oddiy narsa emas. Buning uchun juda ko'p mehnat qilishingga to'g'ri keladi. Musobaqada biz ham o'z Vatanimiz, ham Afrika sharafini munosib himoya qilishga harakat qilamiz".

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика