So’nggi yangiliklar

09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  0 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  2 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  6 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  1 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  1 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  1 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  5 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  17 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   2 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  7 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  8

Selyuk: "Bugundan boshlab Yaya Ture bo'yicha muzokaralar uchun ochiqmiz" Yangiliklar

Selyuk: "Bugundan boshlab Yaya Ture bo'yicha muzokaralar uchun ochiqmiz"

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Yaya Turening agenti Dmitriy Selyukning so'zlariga ko'ra, uning mijozi bugundan boshlab boshqa jamoalar bilan muzokara o'tkazishga tayyor.

Futbolchi va "shaharliklar" o'rtasidagi bitim yozda yakuniga etadi.

"Monako" CHempionlar ligasining 1/4 finaliga chiqqani bilan do'stlarim Ribolovlev va  Vasilevni tabriklayman. Ular yaxshi o'yin ko'rsatishdi, barakalla! Endi rasman: Kechagi kungacha Yaya Ture borasida hech qanday muzokaralar bo'lmagan edi, ammo bazi klublardan taklif bo'lgan. Ture ikki yarim oydan so'ng erkin agentga aylanadi va bugundan boshlab Yaya borasida muzokaralar uchun ochiqmiz.

Bu qarorga "Manchester Siti"ning CHempionlar ligasini tark etishi bog'liq emas. Ammo Ture "Monako"ga qarshi javob uchrashuvida ishtirok etmagani qiziq. Uning agenti bo'lganim uchun bu gaplarni aytmayapman, Yaya o'ynagan so'nggi bahslarda "Siti" nolga o'ynagan. Ular Ture yordamida himoyadagi muammolardan qutilishgandek edi. Ammo bu borada Gvardiolaga etirozim yo'q. Bu murabbiy qarori bo'lsa kerak" - deydi Selyuk.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика