So’nggi yangiliklar

01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  23 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  44 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  8 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  17 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  5 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  4

Saudiya Arabistoni Osiyo Kubogi-2027 mezbonligi uchun harakatni boshladi Yangiliklar

Saudiya Arabistoni Osiyo Kubogi-2027 mezbonligi uchun harakatni boshladi

Malumki, 2027 yilgi Osiyo Kubogi mezbonligi uchun beshta davlat OFKga o'z arizasini topshirgan.

2027 yil bo'lib o'tadigan qita birinchiligini o'zida qabul qilish uchun beshta davogar bor. Bular - Hindiston, Eron, Qatar, O'zbekiston va Saudiya Arabistoni.

Saudiya Arabistoni futbol federaciyasi kecha Ar Riyod vaqti bilan 20:27da Osiyo Kubogi-2027 mezbonlik dasturini ishga tushirdi. Dastur nomi "Forward for Asia" deb nomlanadi. SHu zahoti Tvitter ijtimoiy tarmog'ida ham Osiyo Kubogi-2027 mezbonligi sahifasi paydo bo'ldi va qisqa fursat ichida 3000ga yaqin o'quvchi ushbu sahifani o'qiy boshladi.

Bundan tashqari saudi2027.com rasmiy veb-sayti o'z ish faoliyatini boshladi. Ushbu saytga xabarlar lentasidan tashqari Media, Maqsad kabi bo'limlar ham joylandi. Malumki, Saudiya Arabistonida bungacha Osiyo Kubogi musobaqasi o'tkazilmagan va ushbu davlat mezbonlikka davogar eng asosiy mamlakatlardan biri bo'lishi kutilyapti.

Bu haqda Saudiya Arabistoni futbol federaciyasi rahbari Yasser Al Mashal shunday dedi: "Biz 2030 yilga qadar katta dasturni ishlab chiqqanmiz va ushbu dasturga ko'ra, bir nechta musobaqalarni Saudiya Arabistonida o'tkazish o'rin olgan. Osiyoda futbol jadallik bilan rivojlanayotganini ko'rish yoqimli. Agar Osiyo Kubogi-2027 mezbonligi Saudiya Arabistoniga berilsa, bu shunchaki oddiy musobaqa emas, balki katta futbol festivali bo'ladi. Buning uchun bor kuch va imkoniyatlarni ishga solamiz. O'z tajribamizdan kelib chiqqan holda qita birinchiligini o'ta yuqori saviyada o'tkazishga harakat qilamiz. Biz o'z fikr va qarashlarimizni Osiyo futboli oilasi bilan bo'lishishga tayyormiz".

Saudiya Arabistoni Osiyo futbolida muhim o'rin tutadi. Mamlakat terma jamoasi bungacha uch marta qita birinchiligida g'oliblikni qo'lga kiritgan. SHuningdek, besh marta jahon chempionatida ishtirok etgan. Ammo Saudiya Arabistoni bunday katta musobaqaga hali mezbonlik qilmagan.

Saudiya Arabistoni futbol federaciyasi ommaga taqdim etgan Osiyo Kubogi-2027 logosi ham alohida mano kasb etadi. Bunda asosan uch xil ramzga etibor berilgan: Oltin rangdagi lochin, futbol va qanotlar. Oltin lochin Saudiya Arabistoni milliy qushi hisoblanadi va millatni birlashtiruvchi hamda to'g'ri yo'l sari etaklovchi manosini bildiradi. Futbol bu endi millionlab odamlar sevim tomosha qiladigan sport turi. Qanotlar esa do'stlik rishtalarini bildiradi.

SHu o'rinda savol tug'iladi: yuqorida davogarlar orasida O'zbekiston ham borligini aytib o'tdik. Lekin O'FA ham shunday dastur ustida ish olib boryaptimi, bundan hozircha xabarimiz yo'q. Balki tez orada O'FA ham bu borada jiddiy harakatlarni boshlab yuborsa kerak.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика