Saudiya Arabistoni chempionati. Ronaldu rasmiy debyut qilgan o'yinda "Al Nassr" g'alaba qozondi
23 jan 2023 00:24
Yangiliklar
Saudiya Arabistoni chempionati. Ronaldu rasmiy debyut qilgan o'yinda "Al Nassr" g'alaba qozondi
Saudiya Arabistoni chempionatining 14-turidan o'rin olgan "Al Nassr" - "Al Ittifoq" uchrashuvi yakunlandi.
Uchrashuv taqdirini Taliskaning 31-daqiqada urgan goli hal qildi. "Al Nassr" safida jamoa sardori Krishtianu Ronaldu to'liq harakat qildi, ammo raqib darvozasini ishg'ol qila olmadi. Jaloliddin Masharipov esa maydonga tushirilmadi.
"Al Nassr" — "Al Ittifoq" 1:0
Gol: 1:0 – 31 Taliska.
"Al Nassr" – Al-Akidi, Al-Ganam, Madu, Al-Amri, Al-Avdjami, Martines (Al-Nadji, 67), Taliska, Al-Sulayxim (Al-Xassan, 75), Al-Xaybari, Ronaldu, Garib (Yaxya, 66).
"Al Ittifoq" – Paulo Viktor, Al-Moualad (Oumar, 83), Tisseran, Al Mousa, Al-Xatib (Al-Obayd, 90), Xazazi, Al-Gamdi (Al-Gamdi, 81), Al-Kuikbi, Kvayson (Alghamdi, 81), Niakate, Vitino (Al-Salem, 90).
Ogohlantirishlar: Al-Moualad (22), Al Mousa (86).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar