So’nggi yangiliklar

15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  2 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  2 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  4 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  3 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  5 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  8

Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi: "Biz juda chiroyli o'yin ko'rsatdik" Yangiliklar

Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi: "Biz juda chiroyli o'yin ko'rsatdik"

Saudiyach Arabistoni terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichidan o'rin olgan navbatdagi bahsni yirik hisobda yakunladi.

Burayda shahrida bo'lib o'tgan Saudiya Arabistoni - Singapur uchrashuvi maydon egalarining 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topdi. O'yindan keyin saudiyaliklar bosh murabbiyi Erve Renar shunday dedi: 

- "Men chiroyli o'yin uchun futbolchilarga rahmat aytaman. SHuningdek, muxlislarga ham alohida tashakkur, chunki jamoamizning yirik hisobda zafar quchishiga muxlislar ham o'z hissalarini qo'shishdi. Biz bir qator vaziyatlardan foydalana olmadik, yo'qsa hisob yanada yirik bo'lardi. Muhimi, uch ochko qo'lga kiritildi va keyingi bahsga ko'tarinki kayfiyatda tayyorlanamiz". 

- "Avvalgi tur Yaman bilan bahsda bazi rejalar o'xshamagandi, lekin Singapurga qarshi jamoa juda yaxshi harakat qildi. Biz bundan keyin imkon qadar gol o'tkazmaslikka harakat qilamiz. CHunki futbol faqat gol urishdan iborat emas, himoyani ham o'ylash kerak". 

Yaxshi bilasiz, Saudiya Arabistoni O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan bitta guruhda joy olgan. Bu jamoa navbatdagi turni 15 oktyabr kuni safarda Falastinga qarshi o'tkazadi. O'zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvi 14 noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tadi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика