So’nggi yangiliklar

12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  1 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  2 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  1 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  19 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  4

Sarvar Karimov: "Darvozabon har qanday holatga tayyor turishi kerak. Gohida yillab zaxirada qolib ketishi mumkin" Yangiliklar

Sarvar Karimov: "Darvozabon har qanday holatga tayyor turishi kerak. Gohida yillab zaxirada qolib ketishi mumkin"

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi kecha O'zbekiston kubogi 1/8 final doirasida o'z maydonida "Navbahor"ni qabul qildi (1:0)

Qiziqarli va murosasiz kechgan uchrashuvda Farrux Ikromovning yagona goli mezbonlarga g'alaba keltirdi. O'yinning qolgan daqiqalarida darvozabon Sarvar Karimov jamoasini muqarrar gollardan qutqarib yutuqqa munosib hissasini qo'shdi, deya olamiz. Ushbu uchrashuvdan so'ng mahoratli kiperning fikrlari bilan qiziqdik.

"Kubok bahsi bitta o'yindan iborat ekanligi bois masuliyatni his qilib turgandik. "Navbahor" bilan bahsga qattiq tayyorgarlik ko'rganimiz samara berdi, deb o'ylayman. Mashg'ulotlarda barcha birdek mehnat qildi. Mehnatlarimiz zoe ketmaganidan xursandmiz. Muxlislarni keyingi bosqich yo'llanmasi bilan tabriklayman. Ancha vaqtdan so'ng o'z maydonimizga qaytdik. Qaytishimiz g'alabali yakunlandi. 

Bevosita o'yinga to'xtaladigan bo'lsak, ikki xil taym guvohiga aylandik. Birinchi bo'limda biz, ikkinchi bo'limda "Navbahor" ustunlikka ega bo'ldi. Agarda hisobdan kelib chiqadigan bo'lsak raqib bosimni oshirishi tabiiy hol edi. 

Joriy mavsumdagi ilk o'yinimni "Mashal"ga qarshi zixiradan maydonga tushganda o'tkazdim. SHundan so'ng murabbiylar menga ishonch bildirishmoqda. Darvozabonning taqdiri shu. Kerak bo'lsa, yillab zaxirada qolishi mumkin. SHunday ekan har qanday vaziyatga tayyor turish kerak",- deydi Sarvar Karimov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика