Sarri: "Mening faoliyatim havaskorlardan, Mourinoniki esa "Barselona"dan boshlangan"
04 avg 2022 21:51
Yangiliklar
Sarri: "Mening faoliyatim havaskorlardan, Mourinoniki esa "Barselona"dan boshlangan"
"Lacio" bosh murabbiyi Mauricio Sarri "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino haqida gapirdi.
"Menga Mourino yoqadi, lekin biz boshqa-boshqa dunyomiz. Bizning farqlarimiz asosan faoliyatimiz boshlanishiga bog'liq. Men havaskorlar klubidan faoliyatimni boshladim, u esa darhol "Barselona"dan. "Stia" va "Barselona" o'rtasida katta farq bor", — dedi Sarri.
Eslatib o'tamiz, Joze Mourino 1996 yildan 2000 yilgacha "Barselona" murabbiylar shtabida ishlagan.
"Lacio" va "Roma" ashaddiy raqib sanaladi. Yangi mavsumdagi ilk Rim derbisi noyabr oyi boshida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar