Sarri Kovachichni “CHelsi”da olib qolishni xohlayotganini malum qildi
08 apr 2019 08:11
Yangiliklar
Sarri Kovachichni “CHelsi”da olib qolishni xohlayotganini malum qildi
Mateoning ijara muddati 2019 yil yozida yakuniga etadi.
“Afsuski, Kovachich hozircha faqat ijara asosida bizda o'ynamoqda. Men uning jamoada qolishini xohlardim. Bunday holatda bizda bir nechta muammolar bor. Markazda hozirda faqat Jorjioning o'zi bor. O'ylashimcha, Kovachich biz uchun juda kerakli markaziy yarim himoyachi bo'lgan bo'lar edi. Albatta, u himoyaga ixtisoslashgan yarim himoyachi emas, ammo, men bu nuqtada texnikasi yuqori bo'lgan futbolchini ko'rishni istashimni bilsangiz kerak”,—deydi Sarri.
Mateoning “Real” bilan shartnomasi 2021 yilda yakunlanadi. Ammo UEFA taqiqi sabab “CHelsi” futbolchini mazkur yozda sotib ololmaydi. Eslatib o'tamiz, tashkilot London klubiga 2 ta transferlar oynasi vaqtida futbolchi sotib olishni taqiqlagan.
Fikrlar