So’nggi yangiliklar

12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   3 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  16 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  24

Sarri: “Doimiy g'alaba kafolatlanmaganini “Yuventus” tushinishi shart” Yangiliklar

Sarri: “Doimiy g'alaba kafolatlanmaganini “Yuventus” tushinishi shart”

Turinning “Yuventus” klubi bosh murabbiyi Mauricio Sarri Italiya A seriyasining 23-turida “Verona”ga (1:2) uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi.

“O'yin og'ir kechdi. “Verona” uchrashuv boshidayoq bizga bosimni oshirishi ko'rinib turgandi. Umuman olganda so'nggi paytlarda safarda, uydagiga qaraganda, yomonroq o'ynayapmiz. “Verona” shubhasiz g'alabaga haqli o'yin ko'rsatdi. Butun o'yin davomida hujum uyushtirdik, ammo keraksiz xatolarga yo'l qo'ydiik va yutqazdik.

Futbolda eng muhim jihatlardan biri bu psixologiya. Bizga har bir o'yinda g'alaba kafolatlanmaganligini, yanada ko'proq mehnat qilish kerakligini oxir-oqibat tushunib etishimiz lozim. So'nggi yillarda “Yuventus” A seriyada katta farq bilan g'oliblikka erishdi. Ammo bizni shunchaki ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q. Biz aqlimizni yig'ib olishimiz va har bir o'yinga masuliyat bilan tayyorgarlik ko'rishimiz kerak”, deya Sarrining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda italiyalik jurnalist Janluka Di Marcio.

A seriyaning 23-turidan keyin “Yuventus” 54 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda borayotgan “Inter” peshqadamdan uch ochko ortda qolmoqda. Konte shogirdlari bugun San Siroda “Milan” bilan kuch sinashishadi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика