So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  1 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  1 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  2 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  9 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  8 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  11 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  7 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  47 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1

Sardor Rahmonov: "Maqsadimiz chempionlik va medallar. Jurnalistlar faqat "Paxtakor", "Neftchi" va "Nasaf" haqida gapirishmoqda" Yangiliklar

Sardor Rahmonov: "Maqsadimiz chempionlik va medallar. Jurnalistlar faqat "Paxtakor", "Neftchi" va "Nasaf" haqida gapirishmoqda"

OKMK jamoasi etakchisi Sardor Rahmonov Superliganing-2025 dastlabki bahsi OKMK - "Buxoro" (2:1) o'yini haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- Mavsumning dastlabki uchrashuvi OKMK uchun qanday o'tdi?

- Mavsumni g'alaba bilan boshlab oldik. Dastlabki 5-6ta turda shunday kurashga boy o'yinlar bo'ladi. Keyin esa jamoalar nimaga qodir ekanligi namoyon bo'ladi. Asosiy vazifamiz mavsumni yaxshi boshlash edi va biz buni uddasidan chiqdik. Chiroyli futbol namoyish etmagandirmiz, ammo kerakli natijani qo'lga kiritdik.

- Amaldagi vice-chempion OKMK yangi mavsumda o'z oldiga qanday maqsadlar qo'ymoqda? Turkiyadagi yig'inlardagi intervyularingizdan birida OKMK ham kuchsizlanib qolmadi degan manoda gapirgan edingiz. Sizningcha, tarkibga kelib qo'shilgan yosh futbolchilar va legionerlar jamoani qanchalik kuchaytira oladi?

- Joriy mavsumda ham chempionlik va medallar uchun kurashamiz. OKMK safidagi qanday o'zgarishlar bo'lishidan qati nazar jamoa har doim sovrinli o'rinlar uchun kurashadi. O'tgan mavsumda ham hech kim bizni hatto kuchli uchlikda ham ko'rmagandi. Yangi mavsumda ham o'tgan mavsumdagidek o'yin namoyish etishni maqsad qilganmiz. OKMK jamoasi ko'proq yoshlarga etibor bermoqda, asosiy tarkib saqlab qolindi va yosh futbolchilar xarid qilindi. Yoshlarimiz ancha iqtidorli. Legionerlarimizning darajasini vaqt ko'rsatib beradi. Bugun maydonga tushgan legioner yaxshi harakat qildi deb o'ylayman.

- Sovrinli o'rinlar uchun kurashishda OKMK jamoasiga kimlar asosiy raqib bo'lishi mumkin?

- Barcha jurnalistlar faqat "Paxtakor", "Neftchi" va "Nasaf" haqida gapirishmoqda. Hozir bir jamoani alohida ajratib o'tmayman, ammo avvalroq sanab o'tgan jamoalarda imkoniyatlar ko'p, ammo barcha jamoalarda imkoniyat bor. Kuzda kim qanday natija qayd etishini bilib olamiz.

- O'tgan mavsumda OKMK aynan "Buxoro" bilan bo'lgan bahsda ochko yo'qotib, Kubok bahslarining guruh bosqichida qolib ketgandi. O'zbekiston Kubogining yangi mavsumida OKMK qiyin guruhdan o'rin oldi. Kubokdagi maqsadlar haqida to'xtalib o'tsangiz...

- O'tgan yili Kubokda biroz omadimiz kelmagandi. "O'lim" guruhidan chiqib, kubokni qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz. Maqsadimiz chempionlik va Kubokdagi g'oliblik.


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика