So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  15 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  171 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

Sardor Abduraimov: "Xorijga chiqish vaqti keldi. Balki yil yakunida legionerga aylanarman" Yangiliklar

Sardor Abduraimov: "Xorijga chiqish vaqti keldi. Balki yil yakunida legionerga aylanarman"

"Turon"dan "Metallurg"ga borib qo'shilgan yarim himoyachi Sardor Abduraimov saytimizga intervyu berdi.

Malumotlarga qaraganda, yaypanliklar sobiq sardori Bekobod klubi bilan 31 dekabrga qadar mo'ljallangan bitim tuzdi.

- Qaysidir manoda Turon bilan xayrlashish oson bo'lmadi deya olasizmi? Yaypan jamoasi siz bilan xayrlashishni istamagandi. Klubni o'zgargan siyosati ketishingizga sabab bo'ldimi?

- To'g'risi, bu jarayon juda ham tez sodir bo'ldiki, odamni dovdiratib qo'ydi. "Turon" klubi bilan yana 1,5 yillik shartnomam bor edi. Jamoadan ketishni tasavvur ham qilmagandim. Afsuski, taqdirimizda yozilgan ekan, shunaqa buldi. Bu klubdan ketish men uchun juda ham og'ir bo'ldi. O'tgan 2,5 yillik faoliyatimda o'z oilamga aylanib qolgandi. Umid qilamanki, bu jamoaga yana qaytaman.

- "Turon" bilan 2 marotaba Superligada o'ynadingiz. Ikkisida ham klub oxirgi o'rinlarda yurdi. Jamoa sardori sifatida bu erda qaysi joyda xato bo'ldi, deb o'ylaysiz?

- Hatto o'zimizda bo'ldi. Qaerdadir omad etishmadi, qaerdadir o'zimiz sust harakat qildik. Kimnidur aybdor qilib ko'rsatolmayman.

- "Turon"da ko'p murabbiylar o'zgaradi. Qaysi murabbiy bilan jamoa muvaffaqiyatga erishishga ishonchi katta edi?

- Har bir murabbiyning o'ziga yarasha uslubi bor edi. Jamoada natija bo'lmasa, murabbiylar almashaveradi, qaysi murabbiy yaxshi natija qilsa, o'sha qolardi. Bu borada birortasini yaxshi yoki yomon deya olmayman.

- "Metallurg"dan tushgan taklifni qaysi taraflama to'g'ri deya olasiz? Murabbiy faktorimi yoki boshqa sabablar?

- "Metallurg" jamoasiga ko'p yillardan beri taklif qilishardi, qachondir bu klub safida to'p tepish niyatim bor edi. Nasib qilgan ekan, 2-davrani ayni "Metallurg" jamoasida boshlayapman. bu erda klub rahbariyatining ham o'rni katta.

- Sardor Abduraimov faoliyatidagi qaysi qarorni xato deb hisoblaydi? 2020 yil Bunyodkor bilan faqat 2 ta o'yin o'tkazgansiz. Odatda futbolchilar poytaxt klubiga yanada oldinga intilish, kuchayish uchun o'tadi...

- "Bunyodkor"ni ham xato qaror demagan bo'lardim. Agarda sog'lom raqobat bo'lganida, hammasi boshqacha bo'lardi. "Bunyodkor" klubida ham yaxshi davrlarni boshdan o'tkazdim. O'zim uchun keraklicha dars oldim, murabbiyning rejalariga kirmadim, lekin nima uchun uning o'yin uslubiga to'g'ri kelmaganimni biror marta tushuntirib bermagan. Bunda futbolchilarni, rahbariyatni ayblamoqchi emasman.

- Xorijga chiqish vaqti kelmadimi? Legioner sifatida o'zingizni sinab ko'rishga tayyormidingiz?

- Xorijga chiqish vaqti keldi, bunga tayyorman. Balki yil yakunida legionerga aylanarman, Inshaalloh.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика